9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

 

Milliy g‘ururimiz ramzi

Milliy g‘ururimiz ramzi

Jonkuyar, fidoyi tilshunos sifatida dotsent G‘ofirjon Hamroyevni yaxshi bilaman. Uning faolligi va tilimiz ravnaqi yo’lidagi o‘tkir fikrlari diqqatingizni tortmasdan qolmaydi. Navbatdagi chiqishlaridan biri ham ana shunday e’tiborga molik. Marhamat, mutolaa qilishga kirishing-chi.

TIL – MILLIY G’URUR DEMAKDIR

O’zini hurmat qilgan kishi tilini ham hurmat qiladi. Onasini boshiga ko’taradigan inson shu zotga aloqador barcha narsani qadrlaydi. Onamizni o’ylaymiz, lekin u bizga bitta-bitta o’rgatgan so’zlarning, shu tabarruk tilning taqdiriga befarqmiz, boshqalarning oyoq osti qilishiga indamay qarab turamiz. Rivojlangan millatlarga havasimiz keladi, biroq ularning milliy qadriyatlariga qanchalik sodiq ekanliklari haqida o’ylab ham ko’rmaymiz.

O’rganishlardan ma’lum bo’ldiki, qaysi hududda ona tiliga, davlat tiliga bepsand munosabatda bo’lingan bo’lsa, hamma ayb shu tashkilotga mas’ul shaxsning milliy g’ururi yo’qligini bildiradi. Shukurki, yurtdoshlarimiz orasida oriyati baland, o’zining shu millatga mansubligidan faxrlanadigan, buni o’z faoliyatida namoyon qila olayotgan fidoyi insonlar ham kam emas.

Masalan, o’zlari tashkil etgan savdo markazlariga «VIQOR», tamaddixona, restoranlariga «RAYHON», «MILLIY TAOMLAR», hunarmandchilik faoliyatiga «O’ZBEGIM ESHIKLARI» kabi nomlarni qo’yib ona tiliga hurmat ko’rsatayotgan ibrat egalari bor. Agar jamiyatimizda shunday insonlar yanada ko’paysa, nafaqat milliy til, milliy mentalitet, milliy musiqa, barcha milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlar yashayveradi.

No Comments

Leave a Comment