9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

ЎЙНАБ ГАПИРГАНМИ, Ё ЎЙЛАБ?

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Воқеликка, жонли жараёнга муносабат зийраклик, теранлик ва жасоратни талаб этади. Интернет сайтлари орқали ўринсиз сўзлари билан эътироф ва эътирозга сабаб бўлган Россия Ташқи ишлар вазирлигининг вакиласи Мария Захарованинг хатти - ҳаракати кўпчиликни ҳайратга, таажжубга солди. Бунинг замирида нима бор, кимларнинг манфаати ётибди? Нияти нима ўзи? Бу каби саволларга жавобни иқтидорли олим, Олий аттестация комиссияси раиси маслаҳатчиси Зуҳриддин Исомиддиновнинг ушбу мақоласини ўқиш орқали салмоқли жавоб оласиз деган илинждамиз.   АСЛ МУДДАО – БОШҚА...

Continue reading

TILIMIZNI BUGUN TARAFLAB SHARAFLAMASAK, ERTAGA…

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Sharaflanadigan, taraflanadigan tushunchalar orasida ona tili – davlat tili alohida o‘rin tutadi. Aks holda, biz o‘zligimiz ko‘zgusi bo‘lgan so‘zligimizdan ajralib, uni yo‘qotishimiz tayin. Shunday ekan, biz unga muhtojmiz. Kimki, davlat tili haqida biron gap aytib jig‘imizga tegishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Qitiq patimizga tekkanday sakrab tushamiz va tegishli javobini beramiz. Ziyolilar, yurt taqdiriga, tilimizga, elimizga mehri chandon ustuvor bo‘lgan san’at va madaniyat xodimlari bu masalaga befarq emas. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, shoir G’ayrat Majidning shu boradagi mulohazalari e’tiborga molik, mana, mutolaa qiling.   TIL INSONLIK ShARAFIDIR O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga ham o‘ttiz yildan oshdi. Bu ozgina vaqt emas. Bir yigitning umri,...

Continue reading

O‘YNAB GAPIRGANMI, YO O‘YLAB?  

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Voqelikka, jonli jarayonga munosabat ziyraklik, teranlik va jasoratni talab etadi. Internet saytlari orqali o‘rinsiz so‘zlari bilan e’tirof va e’tirozga sabab bo‘lgan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining vakilasi Mariya Zaxarovaning xatti - harakati ko‘pchilikni hayratga, taajjubga soldi. Buning zamirida nima bor, kimlarning manfaati yotibdi? Niyati nima o‘zi? Bu kabi savollarga javobni iqtidorli olim, Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maslahatchisi Zuhriddin Isomiddinovning ushbu maqolasini o‘qish orqali salmoqli javob olasiz degan ilinjdamiz.   ASL MUDDAO – BOSHQA...

Continue reading

Amaliy natija bo‘lmasa gap gapligicha qoladi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Iqtidorli yozuvchi, jurnalist Nazar Eshonqulning ushbu maqolasida xuddi shu masalaga e'tibor qilingani ahamiyatli. Xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonda, rasmiy ish yuritishdan tortib davlat hujjatlarigacha bo‘lgan ish uslubida davlat tilining rutbasi, o‘rni sezilmasa bari behuda. Keling, yaxshisi maqolani mutolaa qiling.   Mustaqilligimizni ona tilimizga munosabatimiz belgilaydi   Til - millatning ko‘zgusi. Unga qarasangiz o‘zingizni ko‘rasiz, balandu pastingizni, imkonu imkonsizligingizni. Ko‘krak urib, kerilmaylik, qay darajada mustaqilligimizni ham ona tilga munosabatimiz ko‘rsatib turibdi. Tilga munosabat – mustaqillikka, mustaqil davlatchiligimizga munosabat! Davlat idoralarida o‘zbek tiliga munosabatga shunday yondashish kerak. Agar bu idoralarda hali hanuz to‘liq o‘zbek tilida hujjat, ish yuritilmayotgan ekan, unda biz hali to‘liq...

Continue reading

OQOLTINLIKLAR HAM MAMNUN

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Xalq bilan uchrashuv ularning manfaati va ehtiyoji bilan qiziqish, qondirish davlatimiz rahbarining doimiy et’tibori va nazoratida. Tabiiy ofatlar sabab kelgan kulfatlar arib yana nurli va xushchaqchaq kunlarga ulanib ketishi tayin. Xalq kayfiyatining ko‘tarinki bo‘lishi Prezidentnig xalq bilan yuzma-yuz muloqoti bilan ahamiyat kasb etadi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev suv toshqinidan talafot ko‘rgan Oqoltin tumanida ham bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi. Uy-joylar qurish va ta’mirlash, aholi salomatligini himoya qilish, infratuzilma ob’ektlari va qishloq xo‘jaligi maydonlarini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi. Oqoltin tumanining “Haqiqat” mahallasida 800 xonadondan iborat 20 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi ta’kidlandi. Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 1...

Continue reading

BMT BOSH KOTIBINING O’ZBEKISTON PREZIDENTIGA MAKTUBI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Janobi Oliylari! Global miqyosda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha men e’lon qilgan da’vatni qo‘llab-quvvatlab yo‘llagan maktubingiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Ushbu da’vat butun dunyo bo‘ylab davlat va hukumat rahbarlari tomonidan, shuningdek, mintaqaviy sheriklar, fuqarolik jamiyati va din rahbarlari tomonidan ijobiy qabul qilingani meni ruhlantirdi. Eng muhimi, ushbu da’vatga bir qator o‘zaro nizolashayotgan tomonlar boshlang‘ich ijobiy munosabat bildirdi. Mojarolardan nomutanosib jabr ko‘rgan va pandemiya oldida yanada zaif bo‘lib qolganlar uchun men hali ham xavotirdaman, tinch aholi, ayniqsa xotin-qizlar, bolalar va marginal guruhlarni himoya qilish uchun barchamiz mas’ul ekanimizni hamisha ta’kidlayman. Shu munosabat bilan Siz rahbarlik qilayotgan mamlakatning...

Continue reading

«MATONAT MADHIYАSI» YОDGORLIK MAJMUASI OLDIDA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Mardlikni, matonatli insonlarni xotirlash va qadrlash ana shunday fazilatga ega insonlarga yarashadi. Urush davrida jasorat va matonatning ramziga aylangan faxriylar bugungi kunimiz uchun fidoyilik namunalarini ko‘rsatganlari bois doimo e’zozu ehtiromga munosibdirlar. Mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari 9-may kuni ushbu shonli sana munosabati bilan barpo etilgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. O‘zbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushida g‘alabani ta’minlashga ulkan hissa qo‘shgan. Lekin bu jasoratni bor ko‘lami bilan ko‘rsatib beradigan yaxlit majmua yo‘q edi. O‘tgan yili Prezidentimiz ulkan bog‘ barpo etib, xalqimiz...

Continue reading

XOTIRA AJDOD VA AVLODLAR ORASIDAGI KO’PRIK

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Umrni oqar suvga qiyoslashadi, o‘tgan bir lahzani ham ortga qaytarib bo‘lmaydi. Lekin qilingan ezgu amallar, oradan yillar o‘tsa-da, eslanaveradi, tilga olinaveradi.  Ertalab qarzlaringizni, kechqurun qarzdorlaringizni eslang degan faylasuflardan biri. Bu yaxshilik va ezgulik orqaligina dillarga muhrlanish mumkinligi haqidagi haqiqat bor unda. Oladigan narsasi uchun emas, balki qoladigan narsalar haqida ko‘proq o‘ylash o‘rinlidir. Bu yurt himoyasi, vatan mudofaasi uchun fidoyilik hamda matonatning aks sadosidir. 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Shu  munosabat  bilan institut ma’muriyati tomonidan tashkil qilingan onlayn muloqotda professor o‘qituvchilar talabalar qatnashdi. Har bir professor o‘qituvchi garchan uyda karantinda bo‘lsa ham ularning...

Continue reading

YURTBOSHIMIZNING ELBOSHI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ikki mamlakatning yetakchilari har doim o’zaro hurmat va ehtiromli munosabatda bo’lishgan. Teran tomirlari tutash ikki qardosh – o’zbek va qozoq xalqlarining tarixiiy an’analari va urf-odatlari ham deyarlik bir xil. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Qozog’iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqotlari jarayonida ana shu tuyg’u ustuvorlik qildi. Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bayram – fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba kuni munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, mamlakatlarimiz faxriylari va birodar xalqlariga tinchlik, sihat-salomatlik va farovonlik tiladilar. Chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Jabr ko‘rgan...

Continue reading

KARANTIN QOIDASI – SALOMATLIK FOYDASI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] Yo‘l harakatlaridan tortib gigiyena qoidalarigacha rioya etishi sog‘lik garovi. Demak, har qanday illatlarga beparvolik katta kulfatlarga sabab bo‘lishini unutmaslik kerak. Ko‘rinmas balo - kichik zarraning katta zarbasi butun dunyoni tahlikaga soldi. Shunday ekan, xotirjamlikka berilish, loqaydlikka yo‘l qo‘yish, kasallikning qaytalanishiga bois bo‘lishi hech gap emas. Prezidentimizning 7 - may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ana shu masalalarga diqqat qilindi. Unda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. – Oxirgi paytda dunyoda har kuni 90-100 ming nafar inson bu virusni yuqtirib olmoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Bugunga kelib, unga chalinganlarning umumiy soni qariyb 4 millionga yetdi. Ming...

Continue reading