9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

YURTBOSHIMIZNING ELBOSHI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI

notiq.uz > Yangiliklar  > YURTBOSHIMIZNING ELBOSHI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI

YURTBOSHIMIZNING ELBOSHI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI

Ikki mamlakatning yetakchilari har doim o’zaro hurmat va ehtiromli munosabatda bo’lishgan. Teran tomirlari tutash ikki qardosh – o’zbek va qozoq xalqlarining tarixiiy an’analari va urf-odatlari ham deyarlik bir xil. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Qozog’iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqotlari jarayonida ana shu tuyg’u ustuvorlik qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bayram – fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba kuni munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, mamlakatlarimiz faxriylari va birodar xalqlariga tinchlik, sihat-salomatlik va farovonlik tiladilar.

Chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Jabr ko‘rgan tumanlarda aholiga manzilli yordam ko‘rsatish va infratuzilmani tiklash bo‘yicha navbatdagi qadamlar kelishib olindi.

Prezidentlar koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyatni ham ko‘rib chiqdilar. Pandemiyaga qarshi kurash, aholi va biznes uchun cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish borasida mamlakatlarimizda ko‘rilayotgan choralar qo‘llab-quvvatlandi.

Muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni tez fursatlarda amalga oshirish, jumladan, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash sanoati, transport va logistika, boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni tayyorlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari xalqaro ahamiyatga molik qator masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Suhbat yakunida ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan keng ko‘lamli O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini kengaytirishga intilish qat’iy ekani ta’kidlandi.

Manba: https://prezident.uz/uz/lists/view/3559 asosida tayyorlandi

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.