9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Hurmatli deputatlar va senatorlar! Aziz yurtdoshlar! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar! Jonajon Oʻzbekistonimiz yangi oʻn yillikka qadam qoʻymoqda. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yangi oʻzgarishlarni amalga oshirish boʻyicha ulkan vazifalar va imkoniyatlar paydo boʻlmoqda. Shu bois, bugun Sizlar bilan birgalikda mamlakatimizni 2020-yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish boʻyicha, ustuvor yoʻnalish va vazifalarni belgilab olishimiz lozim. Yaqinda “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida boʻlib oʻtgan saylovlar natijasida respublikamizda demokratik islohotlarni yuqori bosqichga olib chiqish uchun zarur boʻlgan yangi siyosiy muhit vujudga keldi. Saylovlar ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida oʻtkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlatdan hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Birinchi marta...

Continue reading

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar! Avvalo, barchangizni, butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yillik bayrami bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz. Hurmatli do‘stlar! Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi. Tarixga nazar solsak, asrlar davomida shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya shakliga kelganini ko‘ramiz. Konstitutsiya bashariyat hayotida...

Continue reading

Нотиқлик санъати академияси ғолибларни тақдирлади

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] Нимаики нарса эҳтиёж сифатида қўйилмас экан, у ўткинчи ва кўчкинчидир. Шунинг учун ҳам Даниел Дефо ўз қаҳрамони Робинзон Крузо тилидан «Эҳтиёж кишини буюк кашфиётчига айлантиради», — деган ҳикматни келтиради. Демак, ҳар қандай қонун ва қарорлар ҳам ижтимоий эҳтиёж ва зарурий ҳодиса сифатида юзага келади. Давлат тилимизга эътибор онқадар юқори эмаслиги, уни амалда қўлланилиши борасидаги оқсашлар, мулоқот ва муомала жараёнидаги айрим нохуш ҳолатлар, ноқисликлар сезилаётгани ҳам рост. Жорий йилнинг 4 октябрида Давлатимиз Раҳбари Шавкат Мирзиёев томонидан «Ўзбекистон Республикасининг «Давлат тили ҳақида»ги қонуни қабул қилинганинининг ўттиз йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида»ги қарори ва бу муҳим сана муносабати билан она тилимизнинг жамиятдаги ўрни ва нуфузини...

Continue reading

Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoshlar! Aziz do‘stlar! Avvalambor, mana shu quvonchli ayyomda barchangizni azim poytaxtimizning markazida barpo etilgan, kuni kecha ishga tushirilgan muhtasham va ulug‘vor koshonada xush kayfiyatda ko‘rib, qutlab turganimdan g‘oyatda baxtiyorman. Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni tarixiy sana – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligi bilan samimiy muborakbod etaman. Ma’lumki, O‘zbekistonning zamonaviy qiyofasini yaqqol namoyon etadigan yangi bino va imoratlar bugun barcha shahar va viloyatlarimizda ko‘plab qad ko‘tarmoqda. Albatta, ularning orasida “Toshkent-Siti” ishbilarmonlik markazi alohida ajralib turadi. Guvoh bo‘lib turganingizdek, “Toshkent-Siti” markazi o‘zining me’moriy qiyofasida shaharsozlik san’atining eng so‘nggi yutuqlarini, arxitektura, muhandislik va dizaynerlik borasidagi noyob va ulkan salohiyatni yaqqol mujassam...

Continue reading

Аччиқ бўлса ҳам айтамиз: ўзбек тилида тўғри ёзиш ва тўғри сўзлашда саводхон халқ эмасмиз

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] «Рақамлар дунёни бошқармайди, улар дунёнинг қандай бошқарилаётганини билдиради». Немис мутафаккири Йоҳанн Гётенинг фикри бу. Рақам қутлуғ қадам, фаолият сарҳисобига ишора, аслида. Ўзбекистон Ресубликасининг «Давлат тили ҳақида»ги Қонунининг қабул қилинганига 30 йил тўлди. Бу рақам халқ тақдири, унинг ўзлиги ва сўзлигига, миллий ва маънавий қадриятларини асраб қолиш каби ижтимоий-сиёсий моҳият касб этувчи халқимизнинг халқаро майдондаги ўрни ва рутбасига дахлдордир. Элнинг нуфузи тилининг қиймати билан белгиланишини ҳаммамиз биламиз. Қайсидир маънода баъзи нарсаларга шунчаки қараш мумкиндир, лекин тил масаласига асло бефарқ бўлиш мумкин эмас. Чунки, у халқнинг борлиги, бойлиги ва борлиғидир. Миллатнинг руҳи, руҳониятининг ойнасидир. Чунки у мавсумий мавзу эмас. Унга ҳар дамда,...

Continue reading

Таълимнинг кучи кимда ва нимада ўзи?!

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] Президентнинг ректорларда савия йўқ дея дарғазаб бўлиши бежиз эмас. Чунки бу меҳнатни, машаққатли жараённи талаб этади. Президент ибораси билан айтганда, «ўзни қийнаш»ни, тинимсиз изланишни, ҳаракатни тақозо қилади...

Continue reading

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Hurmatli senator va deputatlar! Qadrli yurtdoshlar! Muhtaram mehmonlar! 2019-yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini bayon etishga ruxsat bergaysiz. Bugun biz shiddat bilan oʻzgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyo miqyosida manfaatlar kurashi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlashib bormoqda. Biz kelgusi yil uchun amaliy rejalar tuzar ekanmiz, xalqaro maydondagi ana shunday murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, taraqqiyotimizning ustuvor yoʻnalishlarini aniq-ravshan belgilab olishimiz zarur. Aziz doʻstlar! Biz har bir yilga ezgu niyat bilan nom beramiz va oʻz oldimizga ulkan marralarni qoʻyamiz. Buyuk Imom Buxoriy hazratlarining “Al-Jomiʼ as-Sahih” asari “Barcha ezgu amallar niyatga bogʻliq, har bir kishiga faqat niyat qilgan narsasi beriladi” degan...

Continue reading

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Muhtaram Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani Janobi Oliylari! Hurmatli Federika Mogerini xonim! Hurmatli tashqi ishlar vazirlari va delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaning barcha ishtirokchilari va mehmonlarini O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz. Ushbu anjumanda ishtirok etayotganingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman va mehmondo‘st o‘zbek zaminida sizlarni ko‘rib turganimdan g‘oyat xursandman. Bugungi konferensiya O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasining birgalikdagi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Mazkur anjuman xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir. Forumda shaxsan ishtirok etayotgani uchun Prezident Ashraf G‘ani Janobi Oliylariga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, xalqaro konferensiya o‘tkazish bo‘yicha...

Continue reading

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Muhtaram deputat va senatorlar! Aziz vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar! Bugun biz barchamiz jonajon Vatanimizning siyosiy hayotidagi muhim voqeada ishtirok etmoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etilmoqda. Sizlarga yaxshi ma’lumki, dunyodagi ko‘pchilik taraqqiy topgan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy parlament a’zolari huzurida eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlantirish bo‘yicha Murojaatnoma bilan chiqish tajribasi mavjud. Davlat boshqaruvining bunday demokratik usuli bugun O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga g‘oyat uyg‘un va hamohang bo‘lib, bizning ish faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi, deb o‘ylayman. Bugungi nufuzli anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan birga,...

Continue reading