9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

NAZM-U NASR

notiq.uz > NAZM-U NASR (Page 2)

Abdunabi Hamro: VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN

Og‘rimasa tunlar chap ko‘ksing sim-sim Ko‘zingda yonmasa yovqur bir uchqun, Agar yashamasang, kim bo‘larsan, kim – Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun? Tushingga kirdimi Alpomish shunqor Qilich sermadimi Go‘ro‘g‘li nomdor, Boshin dorga tikkan edi sarbador Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun. Quloq sol, quloqsiz Shiroq sas berar Qizingga To‘maris hur nafas berar, O‘g‘lingga bu tarix sha’n havas berar Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun. Sohibqiron tuzgan yurting, buduning Daryodan sakradi Jaloliddining, Kechagidan go‘zal bo‘lsin buguning Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun. Yulduz kashf et, to‘ldir osmonlaringni Unutma Qodiriy, Usmonlaringni, Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun. Yangi yurtga yangi kuy, bayot lozim Yangi yurtda yangi, hur hayot lozim, Har neki yangidir – ehtiyot lozim Vatan...

Continue reading

Nasrullo Ergash: MANZILSIZ MAKTUBLAR

Men manzilsiz xatlar yozaman, Maktublarim egasi yo‘qdir. Kimdir uni ochib xilvatda, Ko‘zyosh bilan ohista o‘qir. Men manzilsiz xatlar yozaman, Ammo ular chiqqandir yo‘lga. Umidvorman va ishonaman – Yetgay bir kun intizor qo‘lga! Men manzilsiz xatlar yozaman, Satrlarga joylab o‘zimni. Ne uchundir o‘qigan odam Meni emas, ko‘rar o‘zini. Maktubimni o‘qigan odam Pichirlaydi: xatdagi men-ku. Meniki-ku mana bu armon, Meniki-ku mana bu orzu...

Continue reading

Xokisorlik xosiyati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_single_image image="4900" img_size="full"][vc_empty_space][vc_column_text]       U nimaiki ish qiladigan bo‘lsa xolislik bilan beminnat bajaradi. Uning qalbida qo‘lingdan ish keladimi, yordam ber, odamlarni xursand qil degan da’vat dil amriga ko‘chgandek, kaminadan ancha yosh bo‘lishiga qaramasdan, o‘tkinchi dunyo falsafasini siz-u bizdan oldin idrok etgandek go‘yo. Insonning yuzu ko‘zidagi tabassum va kimningdir faoliyatidagi yutuqlarni ko‘rsa, eshitsa, o‘sha kuni undan shod inson yo‘q. SHirin so‘zi va bildiradigan dil izhori yoxud tabrigi tayyor. Ijtimoiy tarmoqlar yoxud o‘zining mualliflik sayti orqali darhol o‘z munosabatini bildirib boshqalarning ham tabriklarini etkazishga qobil bo‘lgan, hech qanday tama’ yoki manfaatni ko‘zlamaydigan sodda, samimiy, muhimi, kamtarin inson. Hammani o‘ziga do‘st...

Continue reading