9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasidagi nutqi

 05.08.2025  Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Avvalambor, Turkmaniston Prezidenti hurmatli Serdar Gurbanguliyevich Berdimuhamedovga va Turkmaniston xalqining Milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovga samimiy qabul va bugungi konferensiyani yuksak darajada tashkil etganlari uchun chin qalbimdan minnatdorlik izhor etaman. Ushbu forumning Turkmaniston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Xalqaro tinchlik va ishonch yilida, Kaspiy mo‘jizasi – go‘zal Avazada o‘tkazilayotgani ramziy ma’noga ega. O‘zbekiston qardosh Turkmanistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, global va mintaqaviy barqarorlik hamda farovonlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi va qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish janoblariga dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlarning muammolarini ustuvor xalqaro masala sifatida ilgari surishga...

Continue reading

UCH BIRLIK — BOQIYLIK BELGISI

Vatan, Millat va Xalq tushunchalari odamzod uchun eng oliy qadriyat. Ushbu uch tushuncha insonning ma’naviy-axloqiy mezoni, fidoyilik tamsili va faol fuqarolik pozitsiyasini belgilaydi. Ular alohida qaralsa ham, bir-biriga uzviy bog‘langan yagona uyg‘unlik — uch birlik sifatida jamiyat taraqqiyoti, milliy o‘zlik va davlat barqarorligining asosiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.  “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025 y.) ana shu ruh bilan sug‘orilgan. Qarorga ko‘ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi. Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari «Vatan uchun,...

Continue reading

FIDOYI, FAOL AYOL XOTIRASIGA

O‘zlarining butun faoliyati davomida Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va o‘z kasbiga bo‘lgan yuksak sadoqati bilan faxrli mehnat namunasini namoyon etgan xotin-qizlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Ular haqida so‘z ketganda, << MEHNAT SHUHRATI >> VA ''FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN''ORDENLARI,<< O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO'RSATGAN QISHLOQ XO'JALIGI XODIMI>> FAXRIY UNVONLARI SOHIBASI SHAKARJON XO'JANIYOZOVAning nomlarini alohida tilga olish faxrlidir. Og‘ir va mas’uliyatli rahbarlik vazifasini sidqidildan bajarib, har ikkala Prezidentimiz ehtiromini qozongan, ko‘plab insonlarga hayotda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan, qo‘llab-quvvatlagan va ilhom bag‘ishlagan fidoyi ayol sifatida u bir umr xotiramizga muhrlangan. Mehnatsevarligi, olijanob fazilatlari, halollik va fidoyilik bilan ishga yondoshgani yosh avlod uchun namuna...

Continue reading

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Agentlik tashkil qilingani Prezidentimiz tomonidan yigʻilishda alohida qayd etildi. Shuningdek,  yigʻilishda jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilgani,  ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi oʻrni va taʼsiri ortib borayotgani oʻrinli eʼtirof etildi. Mana,  yigʻilishda taʼkidlangan ayrim raqamlar. Davlat xaridlari boʻyicha qonun qabul qilingani, tanlov va tender raqamlashib, sogʻlom raqobat boʻlgani uchun oʻtgan yili 14 trillion soʻm byudjet mablagʻi tejaldi. Bugunga kelib, barcha banklar 100 million soʻmgacha maishiy kreditlarni inson omilisiz 5 daqiqa ichida onlayn berayapti. Natijada oldin bu ish bilan shugʻullangan minglab bankirlar endi mahallaga tushib, odamlarga loyiha, kredit taklif qilib,...

Continue reading

SOHIBQIRON TAVALLUDINING 688 YILLIGIGA

Kuni kecha Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan buyuk sarkarda haykali poyida gulchambar qoʻyish tadbirida ishtirok etdik. Yomgʻir sharros quyib turishiga qaramasdan, biz bir guruh Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari gulchambar qoʻyish tadbirida ishtirok etib, telekanallargaintervyular berdik.  Turli davrlarda, turli makonlarda xalqi qudrati va ulugʻvorligini oʻzida mujassam etadigan buyuk siymolari boʻladi. Ular oʻzi mansub boʻlgan xalqning ramziga, davlatning timsoliga aylanishi muqarrar. “Bizning kuch qudratimizni bilmoqchi boʻlsangiz, biz qurdirgan imoratlarga nazar soling” degan mazmunidagi bitiklari, markazlashgan davlat barpo etishdek buyuk xizmatlari bilan dong qozongan sohibqiron Amir Temur ana shunday shaxslardandir. Uning oʻz...

Continue reading

PARIJDAGI KO’CHALARDAN BIRIGA SAMARQAND NOMI BERILDI

Fransiyaga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parij shahri meri Ann Idalgo bilan uchrashdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari poytaxt merini yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi, shuningdek, Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berilgani uchun minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida, Ann Idalgo O‘zbekiston rahbariga olimpiada tadbirlari davrida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ko‘rsatilgan yordam uchun tashakkur bildirdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining ushbu tashrifi tarixiy natijalar bilan yakunlangani – ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkent va Parij o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va almashinuvlarni imzolangan bitim asosida faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Shaharsozlikni rejalashtirish, "yashil" hududlar barpo etish,...

Continue reading

MANIPULYASIYA QURBONIGA AYLANMANG: MA’LUMOTLARNI QANDAY «FILTRLASH» KERAK?

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar va axborot platformalari odamlar uchun asosiy axborot manbaiga aylandi. Lekin bu axborot oqimi ichida haqiqat bilan birga yolg‘on, tuhmat va manipulyasiya ham mavjud. Ko‘pincha odamlar ma’lumotni filtrlamasdan qabul qilib, uni haqiqat deb hisoblaydilar. Ammo shu ma’lumot kimningdir manfaati uchun ataylab tarqatilgan bo‘lishi mumkin. Demak, manipulyasiya qurboni bo‘lmaslik uchun ma’lumotni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish juda muhim. Guruh ta’siri va manipulyasiya usullari Psixologiyada odamlarning o‘zini jamoaga moslashtirishga bo‘lgan intilishi konformizm deb ataladi. Odamlar tabiiy ravishda ko‘pchilik nimaga ishonsa, shunga moyil bo‘ladi. Bunday xususiyatni ba’zi kuchlar ommaviy fikrni boshqarish uchun qo‘llaydi. Misol uchun 1951-yilda psixolog Solomon Ash odamlar guruh ta’siriga qanchalik tushishini tekshirish...

Continue reading

O’ZBEKISTON, QIRG’IZISTON VA TOJIKISTON NAVRO’Z BAYRAMINI BIRGA NISHONLAYDI

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Navro‘z bayramini birgalikda nishonlaydi. Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida Sadir Japarov ma’lum qildi.  Qirg‘iziston prezidenti xalqlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash muhimligini, bunda esa qo‘shma madaniy tadbirlar alohida o‘rin tutishini ta’kidladi. – Shu o‘rinda 31 mart kuni Xo‘jand shahrida nishonlanadigan Navro‘z bayramining ahamiyatini alohida ta’kidlamoqchiman. Men taklif uchun minnatdorchilik bildiraman va ishtirokimni tasdiqlayman. Ishonamanki, Navro‘z bayramini birgalikda nishonlash Markaziy Osiyo xalqlarining tinchligi va birligi ramzi bo‘lgan yaxshi an’anaga aylanadi, – dedi Qirg‘iziston rahbari. Emomali Rahmon, o‘z navbatida, Sadir Japarovga Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlarining Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqlagani uchun minnatdorchilik...

Continue reading

TOSHKENTGA TRAMVAY QAYTADI

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiya tashqi savdo va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazir-delegat Loran Sen-Marten Toshkentda tramvay tizimini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi.Jurnalist Aziza Qurbonovaning yozishicha, bu haqda kecha, 12-mart kuni Fransiya tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan vazirlik-idoralararo hujjatlarni imzolash marosimida e’lon qilingan. Eslatib o‘tamiz, 2025-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida 2025-yilning sentyabriga qadar xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan Toshkent shahrida tramvay liniyasini qurish loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar (TIA)ni ishlab chiqilishi belgilab qo‘yilgan edi. ...

Continue reading

PREZIDENT MIRZIYOYEV FRANSIYA MILLIY MAJLISI RAISI BILAN UCHRASHUV O’TKAZDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-mart, payshanba kuni Parij shahridagi Burbon saroyida Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu tashrifning tarixiy ahamiyati, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Fransiya parlamenti quyi palatasi rahbari Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni, vakillik organlarining roli, xotin-qizlar, bolalar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari hamda ekologik xavfsizlik kafolatlari kuchayganini yuqori baholadi. O‘zbekiston-Fransiya parlamentlararo forumini tashkil etish va «yo‘l xaritasi» asosida do‘stlik guruhlari ishini qayta tiklash masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston yetakchisi Milliy majlis Raisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan...

Continue reading