9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

TOSHKENTDA BIR VAQTDA IKKITA KO‘P QAVATLI UYDA YONG‘IN CHIQDI

notiq.uz > Yangiliklar  > TOSHKENTDA BIR VAQTDA IKKITA KO‘P QAVATLI UYDA YONG‘IN CHIQDI

TOSHKENTDA BIR VAQTDA IKKITA KO‘P QAVATLI UYDA YONG‘IN CHIQDI

Toshkentda bir vaqtda ikkita ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Videodan kadrlar

Bugun, 13 iyun kuni Toshkentda deyarli bir vaqtda ikkita ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi.

Xususan, soat 10:21 da Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismi (fasad) yonayotganligi to‘g‘risida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Qutqaruv bo‘linmalari soat 10:23 da hodisa joyiga yetib borgan.

Aytilgan manzildagi ko‘p qavatli uyda yashovchi barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan.

Yong‘in soat 11:00 da qurshab olinib, 11:10 da o‘chirilgan. FVBning ta’kidlashicha, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Ikkinchi yong‘in soat 10:25 da Chilonzor tumanida yuz bergan. FVBBga Eski Chilonzor ko‘chasida yangi qurilayotgan bino hududida chiqindi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 10:32 da yetib borib, yong‘in soat 10:36 da o‘chirilgan. Ushbu hodisada ham hech kim tan jarohati olmagan

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.