MEKSIKA JARDAN USTUN KELDI, JANUBIY KOREYA ESA IRODA KO‘RSATDI

Foto: Sport-Ekspress
Meksika 2026-yilgi Jahon chempionatining ochilish o‘yinida g‘alaba qozondi.
Mexiko shahridagi Atsteka stadionida bo‘lib o‘tgan A guruhining birinchi o‘yini mezbon jamoa foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi.
Hujumchilar Xulian Kinones (9-daqiqa) va Raul Ximenes (67) gol urishdi.
Har ikkala jamoa ham kamchilik tarkibda o‘yinni yakunladi. Ikkinchi bo‘limda Janubiy Afrika ikkita qizil kartochka oldi, Meksika esa bitta qizil kartochka oldi.
Bu g‘alaba 2026-yilgi Jahon chempionati mezboniga uch ochko keltirdi. Janubiy Afrikada hozircha ochko yo‘q.
Ikkinchi o‘yinda Janubiy Koreya va Chexiya termalari o‘zaro to‘qnash keldi. Dastlab yevropaliklar 59-daqiqada hisobni ochdi.
Ammo Janubiy Koreya o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. 67 va 80-daqiqalarda ikki javob goli urildi. Natijada uchrashuv osiyoliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
(Xabar.uz)