9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

AQSH VA ERON DASTLABKI KELISHUVGA ERISHDI -AXIOS

notiq.uz > Yangiliklar  > AQSH VA ERON DASTLABKI KELISHUVGA ERISHDI -AXIOS

AQSH VA ERON DASTLABKI KELISHUVGA ERISHDI -AXIOS

AQSh va Eron dastlabki kelishuvga erishdi – Axios

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda Vashington va Tehron o‘rtasida yangi kelishuv imzolanishi mumkinligini ma’lum qildi. Axios nashrining xabar berishicha, tomonlar kelishuv matni bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan.

Manbalarga ko‘ra, memorandum imzolangan taqdirda Eron va AQSh o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi yana 60 kunga uzaytiriladi. Shu davr mobaynida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha keng qamrovli muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kelishuv loyihasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini darhol qayta ochish va unda kemalar harakatini to‘liq tiklash nazarda tutilgan. Shuningdek, AQSh tomonidan joriy etilgan ayrim cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish mexanizmi ham kiritilgan.

Hujjatga muvofiq, Eron yadroviy qurol yaratmaslik majburiyatini oladi hamda yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari masalasini hal qilish bo‘yicha muzokaralarga rozilik beradi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, boyitilgan uranni BMT nazorati ostida mamlakat ichida qayta ishlash variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Nashrning yozishicha, kelishuv Qatar va Pokiston vositachiligida tayyorlangan bo‘lib, u «Islomobod kelishuvi» deb nomlanishi mumkin.

Biroq hujjat hali rasman imzolanmagan. Eron Tashqi ishlar vazirligi vakillari yakuniy qaror qabul qilinmaganini bildirgan. Shu bilan birga, AQSh tomoni kelishuvni imzolash marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma’lum qilmoqda.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.