9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Davlatimizning kuchli ijtimoiy siyosatida yoshlar eng ustuvor yo‘nalish. Ularga sifatli ta’lim va kasb berish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda. Har bir mahallada “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirilmoqda, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Madaniyat karvoni” tadbirlari va turli festivallar o‘tkazilmoqda. Shu yil 21-fevralda Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. Dasturda yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan. Bu yil “yoshlar balansi” bo‘yicha 925 ming yigit-qizning bandligini ta’minlash zarur....

Continue reading

IT-xizmatlar eksportini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni IT-xizmatlar infratuzilmasi va eksportini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.  Bu haqda o‘tgan yili 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 1 ming 700 taga yetib, ularda 26 ming nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida rezidentlar sonini 10 barobar oshirib, ulardagi ish o‘rinlarini 100 mingtaga yetkazish, sohada eksport hajmini 5 milliard dollarga olib chiqish belgilangan. Shu maqsadda, hududlarga IT-eksportchi tashkilotlarni keng jalb qilishga qaratilgan “Zero Risk” dasturini qo‘llash taklif etilmoqda. Bu dasturda ishtirok etuvchi korxonalarga IT-park tavsiyanomasi asosida bo‘sh turgan davlat binolari 1 yilgacha muddatga tekin foydalanishga...

Continue reading

Aviatsiya sohasidagi transformatsiya jarayonlari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni aviatsiya sohasidagi davlat korxonalari transformatsiyasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. So‘nggi yillarda aviatsiya xizmatlari bozorida xususiy sektorga keng yo‘l ochildi. Aviakompaniyalar soni 15 taga, jumladan, xususiylari 10 taga yetdi. O‘tgan yilning o‘zida 28 ta yangi samolyot olib kelindi. Bularning natijasida oxirgi yetti yilda reyslar 2 barobar ko‘paygan. Samarqand aeroporti xususiy sheriklikka berilgani hisobiga yo‘lovchi oqimi 4 karra oshib, 1 millionga yetgan. Shunga qaramasdan, o‘tgan yili aviatsiya xizmatlari hajmi bor-yo‘g‘i 11,6 foiz o‘sgan. Mamlakatimiz strategiyasida 2030 yilga qadar aviaqatnovlar sonini 4 karra oshirish rejalashtirilgan. Unga erishish uchun sohada yillik o‘sish sur’atlari 20 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Bu infratuzilma, boshqaruv, narx...

Continue reading

MIRZO BOBURNING HARBIY NOTIQLIK MAHORATI

Notiqlikning bir qancha turlari bor. Bular ijtimoiy-siyosiy, akademik, diniy, sud notiqligi, harbiy va ijtimoiy-maishiy notiqlikdir. Bular ichida alohida ajralib turadigani harbiy notiqlikdir. Tinchlik sharoitida ham, davlat boshqaruvi, hatto urush sharoitida ham qoʻshinni boshqarishda notiqlik sanʼatining alohida oʻrni boʻlganligiga uzoq asrlik tarix guvoh. Chunki koʻzlangan maqsad bu strategiya boʻlsa, uni amalga oshirish yoʻllari bu taktikadir. Demak, har qanday strategiyaning taʼsirchan mexanizmi bu til taktikasidir. Harbiy notiqlik mohiyat eʼtibori bilan  jangovarlikni, xitob va daʼvatni anglatadi. Shuning uchun ham mashhur Rim notigʻi Mark Tulliy Sitseron “Tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda yoki notiq boʻlish kerak” - demagan. U koʻrib kuzatgani va anglab yetganidan soʻng...

Continue reading

                  UCH TA’RIF ZAMIRIDAGI KUCH

Shoirlikka da’vogarligim yo‘q. Ma’naviy tadbirlar bo‘lsin, ma’rifat ulashib dasturlarida bo‘lsin, imkoniyatim nuqtai nazaridan ishtirok etib kelaman. O‘shanda tug‘ilgan ushbu to‘rtlik. Zamonga nazar qil, boqqil hayotga, Tilingni chog‘lagil orzu - niyatga, Yomondan hazar qil, qolma uyatga, Dilingni bog‘lagil Ma’naviyatga.    Demak, har bir tushunchaning o‘z mohiyat - mazmuni bo‘lganidek, ta’rif va tavsifi ham bor. Ma’naviyat tushunchasi haqida qator ta’riflar borligini bilamiz. Lekin, uning amaliy qudrati, nazariy mohiyati va ahamiyati borasida Davlatimiz rahbarining mulohazalari e’tiborga molik.  Ma’lumki, davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatini boshlagunlariga qadar ham, ayni damda ham O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining raisi sifatida qator samarali ishlarni amalga oshirib kelganlari bejiz emas. Demak, so‘z...

Continue reading

BAHODIR O’ZI – BEBAHODIR SO’ZI

Mikrofon va videokamera bilan tillashish va dillashishning ham o‘ziga yarasha sir-asrori, tilsimi bo‘ladi. Aniqrog‘i, mikrofonni «aka», videokamerani «uka» singari o‘ziga yaqin tutish u orqali so‘z ayta olish zavq -shavqi bor bo‘lgan insonlar bu ilmni, bu tilsimni teranroq his etishadi. Ular shunchaki texnik vosita emas, xalqning ko‘zi bilan qulog‘ini boshqacha aytganda, tinglovchining o‘ziga qarata oladigan iste’dod sohiblaridir. Videokameraga hamma ham qarashi, mikrofonga hamma ham so‘zlashi mumkin, lekin gap unga qarab jo‘yali so‘zlay olish, fikr etkazishdadir. Bunday iste’dodlar qatoriga Bahodir Mag‘dievni qo‘shish mumkin. “Oriyat dono” (FM 106.5) radiosining “Xalfana”, “G‘alvir” kabi eshittirishlarning mohir boshlovchisi, zukko muallifi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Sahna nutqi”...

Continue reading

YETUK SIYOSATSHUNOS OLIM – NARZULLA JO‘RAYEV

NITSЕ Nitshe g‘oyalari serqirra, o‘ta isyonkor, o‘ta haroratli, o‘ta jozibador. U har qanday inson qalbini junbishga keltiradi. Shu bilan birga favqulodda katta va qudratli ta’sir kuchiga ega. Uning o‘zining so‘zi bilan aytganda “dinamit” g‘oyalar. Darhaqiqat, Nitshe g‘oyalari taxayyuldagi dinamit, tasavvurdagi dinamit, tafakkurdagi dinamit. N.Jo‘rayev...

Continue reading

JURNALISTIKAGA QUDRATXO‘JAYEVDЕK YO‘LBARSLAR YETISHMAYAPTI…

Men Xalqaro press-klub raisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosatshunoslik fanlari nomzodi, yaqinda 45 bahorni qarshilagan Sherzodxon Qudratxo‘jayevni qariyb 20 yildan buyon qaysidir ma’noda bilaman. Kasb bayrami munosabati bilan «Mehnat shuhrati» ordenini olganini eshitib, chin childan xursand bo‘ldim, sal avvalroq «Oltin qalam» mukofotiga loyiq ko‘rilgani ham munosib bir ish bo‘lgan edi....

Continue reading

OMONULLA MUALLIMNI XOTIRLAB

Odatda, ta’lim va tarbiya haqida so‘z ketsa, bevosita uning sifati va samarasi haqida bahs boshlanadi. Bu tabiiy hol. Chunki ta’limning mohiyati barkamol avlodni, ertangi kunning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarni vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz manfaati yo‘lida kengqamrovli bilim va intellektual salohiyatga ega bo‘lishini ta’minlashdir. Tarbiyalangan inson tarbiyalaydi, ta’lim olgangina ta’lim bera oladi. Bu ham ayni haqiqat. O‘quvchi, talabalar bilimga qiziqmaydi,...

Continue reading