9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

 

Author: Rahim Jumaniyoz

Notiqlik san'ati - Rahimboy Jumaniyozov rasmiy sayti > Articles posted by Rahim Jumaniyoz (Page 13)

O’n birinchi saboq. Notiq, nutq, mantiq

👉O'n birinchi saboq Boshlovchi ma’lum bir maqsadli jamoani safarga olib chiqqan va manziliga eltuvchi kishiga o‘xshaydi. U muayyan vosita xoh avtoulov bo‘lsin, xoh kema bo‘lsin, xoh havo kemasi bo‘lsin uni boshqaruvchisi kabidir. Gap boshqaruvchining qanday sur’atda, qanday usulda, qanday tezlikda boshqara olish mahoratiga bog‘liq Notiq parvoz qiladi, lekin havo kemasi – samolyot emas, daryo, dengiz bo‘ylab suzadi, ammo kema emas, u quruqlik bo‘ylab ildam chopadi, biroq ot yoki avtomobil emas. Demak, u so‘zi bilan yeru ko‘kda, suvda yura oladigan “vezdexod”mikan? ...

Continue reading

O’ninchi saboq. Nutqning mantiqiy mohiyati

👉O'ninchi saboq Mantiqsiz nutq bamisoli bug'doysiz boshoq, puch yong'oq. Ko‘rgan-u eshitgan, o‘qigan-u bilgan narsalarni birovga aytib berish jarayonida badiiy bo‘yoqlar, ta’sirli so‘z va iboralar, tashbehiy va tasviriy ifodalar bilan aytib berishni tinimsiz mashq qilish notiqlik qozonida qaynash demakdir. Notiqning zavq-u shavqi nimada? O‘zi gapirayotgan narsani berilib hikoya qilishida emas, balki, o‘zganing berilib tinglayotganini tuyib huzurlanishidadir. ...

Continue reading

To‘qqizinchi saboq. Nutqning aniqligi

👉To‘qqizinchi saboq Yaratganning o‘zi odamzot ortiqcha gapirmasligi uchun tilning oldida ikkita qo‘rg‘on qurgan, bular lablar va tishlardir. Haqiqiy notiq quyidagi mezonlarga tayanadi. Kimga, nima haqda, qaerda gapirishni, qachon va qanday qilib gapirishni, qay holatda, eng muhimi, qancha so‘zlashni bilishi shart. Notiqlikda iste’dod yashirin bo‘ladi, chinakam notiqlargina uni yuzaga chiqarishga qobil bo‘ladi. G‘azab tuyg‘usini jilovlay olmagan qiziqqon voiz, albatta, halokatga mahkum bo‘ladi. ...

Continue reading

Sakkizinchi saboq

👉Sakkizinchi saboq O‘zi idrok etmagan narsalar haqida gapirishga intilganlar notiq emas, vaysaqi yoki aravani quruq olib qochuvchi safsatabozlardir. Vaysaqilik, safsatabozlik va serso‘zlik esa notiqlikning dushmani, kushandasidir. Mudrayotgan odamni bedor qilolmagan, mahzun kishini masrur, qahrli kimsani mehrli qilolmagan notiq hech kim, nutq hech nimadir. So‘zning o‘rnini topish tinglovchi, vaziyat, sharoit va makonni to‘g‘ri tanlashdan boshlanadi. Chaquvchi chayondan qo‘rqmasang ham so‘zdan yetadigan ziyondan qo‘rq. ...

Continue reading

Yettinchi saboq. Nutqning aniqligi — talaffuzning tiniqligi

👉Yettinchi saboq Буни айтинг ва айттиринг сизни ва сўзни соғинганларга: сизсиз сизсизликда сизсизликни сизладим, сиз сизимсиз, сизлигимсиз, сизимдурсиз, сизни сизлаб сизингиз. Тез айтишлар тилингизни чархлайди. Мурожаат қилган кишиларим ҳақида дарҳол хулоса чиқазишга шошмайман. Аввал юзига боқаман, суҳбатлашиб сўзига боқаман, ниҳоят кўзига боқаман. Кейин муносабатлар мезони юзасидан тугал ҳукмга келаман. Чақалоқлар ҳам ҳис этади, кўради, эшитади, лекин улар ҳеч нарса деёлмасдан, аниқроғи, сизнинг тушунмаётганлигингиздан қийналишади. Жамоани ўзига мосламаган, даврани ўзига хосламаган ва ўзини нутққа росламаган нотиқнинг сўзи бесамара ҳаракатдир ёки бебаракат харажатдир. Эшитишга майли бўлмаган тингловчилар орасида нотиқнинг ҳам сўзлашга майли бўлмайди. Чиройли кулгичга эмас, билгичга, пандингни қулоққа илгичга умид боғла. Қорин зорин айтар бўлса, ҳал этамиз-у кўз, қулоқ ҳам мия талабини кўпинча эътиборсиз қолдирамиз....

Continue reading

Oltinchi saboq. Nutq mahoratining qo‘sh qanoti

👉Oltinchi saboq Tiriklikda yurakka, o‘tgandan so‘ng suyakka jo bo‘ladigan kuchga ega bo‘luvchi So‘zning mohiyatini bilganlar kimga qanday gapirishni eplaydilar. Fikriga farmonbardor, aqliga hukmdor bo‘lolmagan notiq so‘z qo‘shinining qo‘mondoni bo‘lolmaydi. Amaliy mashg‘ulotlar qilib charchashni sezmagan, nazariy ma’lumotlar olib bilimdan bezmagan notiqqa iqbol yordir. Mahoratli notiq chiroq ushlab jamoani qorong‘i g‘ordan yorug‘likka olib chiqadigan yo‘lboshlovchiga o‘xshaydi. Zulmat qa’ridan ziyoga olib chiqish uchun notiqda oddiy chiroq emas, balki aql chirog‘i va tafakkur mayog‘i, nutq bayrog‘i ham bo‘lishi kerak. Tasavvur yorqin bo‘lsa, tafakkur ham teran bo‘ladi, natijada notiq nutqi ravon va o‘ziga ishonchi kuchli bo‘ladi. Biron narsaga o‘ta diqqat qilinsa, u xotiraga muhrlanadi. Voizlar ana shu mashqlarni uzluksiz ravishda bajarib borsa, nutq jarayonida o‘zini yengil...

Continue reading

Beshinchi saboq. Muloqot madaniyati mezonlari

👉Beshinchi saboq Shunday so‘zlar borki, ularning ost ma’nosi ham, rost ma’nosi ham bor. Buni bilmasdan so‘zlash va yozish qaynoq suvga qo‘l botirishdir. G‘azab bilan o‘qilgan g‘azal go‘zal bo‘lmas, do‘q-po‘pisadan boshqa narsa emas. Harflarni xudo bergan, tovushlarni esa shayton bergan. Inglizlardagi bu naql harflar va tovush talaffuzlari orasidagi farqqa nisbatan aytilgan. Ko‘rgani boshqa, eshitgani boshqa, aytgani boshqa bo‘lsa-da, go‘zal va jahoniy tillardan biri u. “Batarika o‘libdi” desa, biri uvvos solib yig‘lay boshlabdi: “Nega o‘ladi, axir, tuppa-tuzuk edilar-ku”. “Chala eshitib chotmani yiqibdi”, – degani shu, xorazmchasiga aytganda. Keyin bilsa, batarikani, (ya’ni, telefon batareyasini) “Botiraka” deb eshitgan ekan. Talaffuz aniq bo‘lmasa, tinglaganingiz ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Quloqni noqulay holga solmaslik uchun og‘iz bo‘shlig‘idagi til o‘z ishini...

Continue reading

To‘rtinchi saboq. Nutq madaniyatining ikki qanoti

👉To‘rtinchi saboq Notiqdagi erkinlik qachon yo‘qoladi? U ko‘proq raqib tomon, ya’ni tinglovchilarga e’tiborini qaratib, o‘zi gapirayotgan mavzudan diqqatini uzoqlashtirsa, mashqni kam qilgan bo‘lsa hayajon uni chulg‘ab oladi. Natijada nutqiy nuqsonlarga yo‘l qo‘ya boshlaydi. Notiqlarda paydo bo‘luvchi hayajon tinglovchilar ommasini o‘zidan kuchli deb bilishi, mavzuni mendan zo‘r biladi deb xavfsirash va taxmin qilishdan tug‘iladi. Rahbar betob bo‘lib qolsa, uning muovini vaqtincha vazifasini bajaruvchisi bo‘lganidek, so‘zlayotganingizda, aynan, shu so‘z shuuringizga kelmasa, uning ma’nodosh(sinonim)lari bor-ku. So‘zlarning ma’nodoshlarini bilishingiz so‘z boyligingizning belgisi. Notiqlik – bu, dars berish emas, balki seans qilish, so‘z bilan muolajaga kirishishdir. ...

Continue reading

Uchinchi saboq. Nutq madaniyati va notiqlik san’atining o‘rni va ahamiyati

👉Uchinschi saboq Odamzotning odobi uning odati, yurish-turishi, kiyinishi va ko‘rinishi, xatti-harakatida, yuz-ko‘zi va so‘zida aks etadi. Ochiq yuzli, tabassumli voizlar ilmli va iste’dodli bo‘libgina qolmasdan, balki, inson qalbiga yo‘l topishga ham mohirdir. Chunki, qiziquvchanlik va hayrat ularning tiynatida bo‘ladi. O‘z fikrini bildirish fazilat, uni o‘tkazishga tirishish illat. Notiqning nutq irod etishi odamzotning tikanzorda yurishiga o‘xshaydi. Ehtiyot bo‘lib, o‘ylab, paypaslab qadam bosmasangiz oyog‘ingizga tikan kirib ketishi tayin. Demak, so‘zni qalb tarozisida emas, balki aql tarozisida tortish ahamiyatlidir. Notiq bola bilan bola tilida, keksalar bilan keksa tilida, ayol bilan ayol tilida topib gapira oluvchidir. O‘zgalarga qarab baho berayotgan paytda ham, odamzod o‘zi sezmagan holda, o‘zini izlayotgan bo‘ladi. Inson nutqi va xulqi negadir...

Continue reading

Ikkinchi saboq. Notiqlikda sir-asror, unda hikmat ham bisyor

👉Ikkinchi saboq Notiqdagi noqulaylik, dastavval o‘z ovozini o‘zi ilk bor tinglaganda sodir bo‘ladi. o‘zini ovozidan ijirg‘anmagan, g‘alati holatga tushmagan odam hanuz topilmagan. (Ayrim san’atkorlar o‘zini qayta-qayta eshitaverib, keyin o‘zini ovozidan o‘zga ovozni tan olmaydigan illatga yo‘liqishadi.) Demak, ovozingizga o‘z qulog‘ingizni o‘rgata bilishingiz kerak. Toki, so‘zlayotgan paytingizda noqulaylikka sabab bo‘lmasligi uchun. Notiq shunday siymoki, u to‘rt unsurni o‘ziga jo eta oladi. Kerak paytda otash, kerak paytda suv, kerak paytda shamol va albatta, tuproq ham bo‘la oladi. Ochiq yuzli, tabassumli notiqlarda ilm ham, iste’dod ham bo‘libgina qolmasdan, balki inson qalbiga yo‘l ham oson kechadi. Chunki, qiziquvchanlik va hayrat ular tiynatidagi ziynatdir. ...

Continue reading