O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi
[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Muhtaram Yencha janoblari! Qadrli Mogerini xonim! Hurmatli tashqi ishlar vazirlari, xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik missiya rahbarlari, konferensiya ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning barcha ishtirokchilari va mehmonlarini saxovatli O‘zbekiston zaminida, qadimiy Samarqand shahrida samimiy qutlayman. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va shaxsan Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblariga mazkur forumni o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorlik bildiraman. Ushbu zalda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Afg‘onistondan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar vakillarini ko‘rib...
Continue reading