BAYRAM QUTLOVLARI: MA’RIFAT VA MA’NAVIYAT QANOTIDA
Xotin-qizlar erkaklar bilan bir safda yelkama-yelka turib jamiyat taraqqiyoti uchun fidokorona mehnat qilayotgan qahramonlar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ular ilm va ma’rifat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan, yoshlar qalbida nurli intilishlar uyg‘otayotgan ziyoli insonlardir. Ular ta’lim va tarbiya maydonida sidqidildan xizmat qilib, kelajak avlodni ulkan orzular sari yetaklayotgan fidoyi ma’rifatparvarlardir. Ularning mehnati, izlanishlari va mehri sabab ko‘plab yoshlar yuksak cho‘qqilarga erishmoqda, jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shmoqda. Hayotning sinovlariga bardosh berib, ruhan va aqlan mustahkam bo‘lib, yorug‘ kelajakni yaratish yo‘lida tinmay zahmat chekayotgan fidoyi xotin-qizlar orasida universitetimiz dilbar ayollarining ham alohida o‘rni bor. Ulardan biri katta o‘qituvchi...
Continue reading