9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MUHIM MULOQOT: TELEFON ORQALI MULOQOT

notiq.uz > Yangiliklar  > MUHIM MULOQOT: TELEFON ORQALI MULOQOT

MUHIM MULOQOT: TELEFON ORQALI MULOQOT

Rossiya bir qator davlatlar, jumladan, MDH mamlakatlari, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Eron kabi davlatlar bilan strategik sheriklik munosabatlarini oʻrganganlik maʼlum. Oʻzaro manfaatli hamkorlik iqtisodiy, savdo va investitsiya,  xavfsizlik va mudofaa, energetika va infratuzilma loyihalari – gaz va neft loyihalari, transport va logistika yoʻnalishlarini rivojlantirish,  madaniy-gumanitar hamkorlik – taʼlim, ilm-fan, madaniyat, sport va insonparvarlik kabi sohalarda boʻlishi tabiiy.

Xuddi shu maʼnoda 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari telefon orqali muloqot qilib,  ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash muloqot manbai boʻldi.

Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari koʻp qirrali va tarixiy asoslarga ega. Ushbu munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy va gumanitar sohalarda rivojlanib borganligi maʼlum.

Ikkala davlat oʻrtasidagi strategik va ittifoqchilik munosabatlari oʻzaro doʻstlik va manfaatli hamkorlik zaminiga qurilgani eʼtiborga molik.

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida strategik sheriklik haqida bir necha bitimlar mavjud. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib, energetika, transport va taʼlim sohalaridagi loyihalar amalga oshirilmoqda. Rossiya  Prezidentining oʻtgan yil may oyidagi Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq amalga oshirish natijalari koʻrib chiqildi.

Jumladan, muhandis kadrlarni tayyorlash, sogʻliqni saqlash va sport sohalarida kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qilganlari umid va ishonch bagʻishlaydi.

Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari koʻp qirrali boʻlib, siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarini qamrab oladi. Bunday munosabatlar xalqaro vaziyatga va geosiyosiy manfaatlarga qarab oʻzgarib boradi.

Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari davlatlar uchun siyosiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirish, xavfsizlikni mustahkamlash va madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirishda katta ahamiyatga ega. Bu munosabatlar har ikkala mamlakatning milliy manfaatlarini himoya qilishga va xalqaro maydonda mustahkam pozitsiyaga ega boʻlishiga yordam beradi.

Rahimboy JUMANIYOZOV

Professor, Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari aʼzosi

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.