9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.Uchrashuv avvalida Mixail Mishustin davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Rossiya Prezidentining joriy yil 26-28-may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida qabul qilingan qaror va kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.Shu ma’noda, Qo‘shma komissiyaning kecha o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishining samarali natijalari yuqori baholandi.Tovar ayirboshlash sur’atini...

Continue reading

Olimpiya shaharchasida qurilish jadal

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.Bu ulkan majmua kelgusi yil yurtimizda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda.Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda qit’amizning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.100 gektar maydonga yoyilgan Olimpiya shaharchasida bularning barchasi uchun sharoit bo‘ladi. Bugungi kunda asosiy inshootlarda jadal qurilish ketmoqda. Xususan, 12 ming o‘rinli olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoshabinga mo‘ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o‘yinlar majmualari qad ko‘tarib qolgan.Davlatimiz rahbari ushbu inshootlarda bo‘lib, qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilar ochilish marosimi va...

Continue reading

Davlat tibbiy sug‘urtasida bepul dorilar beriladi

«Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-311-son, 05.09.2024 y.) qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, davlat tibbiy sug‘urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat budjetiga to‘lanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sug‘urtasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi, jumladan:davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari tasdiqlanadi va ushbu paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar va dori vositalari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan taqdim etiladi;kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish uchun belgilangan muddatlarda tegishli tibbiy ko‘riklardan o‘tish, oilaviy shifokorga yoki tibbiyot brigadasiga...

Continue reading

АНЪАНАВИЙ ДЎСТЛИК СПАРТАКИАДАСИГА СТАРТ БЕРИЛДИ

Янги ўқув йили олдидан жисмонан чиниқишнинг ҳам ҳикмати катта. Бу педагогларимизга фойдадан холи бўлмай, балки профессор ўқитувчиларимизга руҳий қувват ва кўтаринки кайфият бахш этиши муқаррар.Жорий йилнинг 26-30 август кунлари профессор – ўқитувчилар, докторантлар ва ишчи ходимлар ўртасида “Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 33 йиллиги”га бағишлаб, “Янги ўқув йилини спорт билан бошланг...

Continue reading

PEDAGOGIK MAHORAT ‒ KASBIY MAHORATNING O‘ZAGI VA O‘ZANI

«Mahorat» so‘zi arabcha bo‘lib, o‘zagi mohir degan so‘zdan. U esa epchillik, mohirlik, uddaburonlik degan ma’nolarni anglatadi. Buni barcha soha va jabha kishilariga nisbatan qo‘llash mumkin. O‘z ishining ustasi birikmasi ham aynan shundan. Har bir sohaning mahoratli xodimlari bo‘lib, ularda kasbiy mahorat nuqtai nazaridan yaratuvchanlik, ilmiy termin bilan aytganda, kreativlik, innovatorlik xususiyatlari ustun turadi. Bunday insonlar mamlakat taraqqiyotiga o‘z sohasi nuqtai nazaridan munosib hissa qo‘sha oladilar. Turli soha, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida faoliyat yuritadigan innovator insonlar o‘z kasbining ustasidirlar. Shuning uchun ham kasbiy mahorat tushunchasi kengqamrovlidir. Hunarmand, me’mor, rassom, haykaltarosh, duradgor, naqqosh qo‘yingki, barcha kasblarning ustalari o‘z sohasi rivojiga hissa qo‘sha...

Continue reading

O‘zbekiston va Qozog‘iston 7 milliard dollarlik kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston qiymati 4,4 milliard dollarni tashkil etuvchi 34 ta sarmoyaviy loyiha va qiymati 2,6 milliard dollarlik 7 savdo bitimini amalga oshiradi. Joriy yil 7 avgust kuni Qozog‘istonda ikki davlat bosh vazirlari o‘rinbosarlari Jamshid Xo‘jayev va Serik Jumangarin ishtirokidagi biznes forumda ana shunday kelishuvga erishilgan.Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, energetika, tog‘-kon sanoati va geologiya, transport, kimyo sanoati, qurilish, elektrotexnika, mashinasozlik, farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda sarmoya loyihalari amalga tatbiq etilishi rejalashtirilgan.Ikki qardosh davlat qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishni ham maqsad qilgan. Jumladan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini birgalikda yetishtirish ko‘zda tutilgan.Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligidan o‘rin olgan. Keyingi yillarda o‘zaro savdo...

Continue reading

YI Toshkent viloyatida tejamkor sug‘orish tizimini moliyalashtirdi

Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardan biri Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi aholi tomorqa yerlarida yangi tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etildi.Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.«Suv taqchilligi ortib borayotgani sabab qishloqlardagi aholi o‘z tomorqa yerlarida sabzavot ekinlarini yetishtirishda tobora qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunday dolzarb muammoni hal etish uchun innovatsion yechimlar ilgari surilmoqda», – deyiladi YeI delegatsiyasi xabarida.180 metr chuqurlikdan suv chiqaradigan vertikal sug‘orish qudug‘ining nasoslari quyosh panellaridan quvvatlanadi. Masalan, 10 ta xonadonning 0,8 gektar yerini tomchilatib sug‘orish orqali egatlab sug‘orishga nisbatan 60 foizga yaqin suv tejab qolinmoqda.Quyosh panellari quvvatidan...

Continue reading

Razambek Jamalov olimpiada sovrindorini mag‘lubiyatga uchratdi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Razambek Jamalov (-74 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida dastlabki bahsini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari finalchisi, neytral maqomda kurashayotgan Magomedhabib Kadimagomedov bilan bellashgan hamyurtimiz irodali g‘alabaga erishib, keyingi davraga yo‘l oldi. ...

Continue reading

Ulug‘bek Rashitov – ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek taekvondochisi bo‘ldi.

Ulug‘bek Rashitov Olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibligiga erishgan birinchi o‘zbek taekvondochisi sifatida o‘z nomini sportimiz solnomasiga muhrlab qo‘ymoqda.68 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:X hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqdi. ...

Continue reading

Olimlar qadimgi Misr piramidalari bo‘yicha muhim sirni ochdilar

Parij Politexnika instituti olimlari Qadimgi Misrning eng qadimgi piramidasi qanday qurilganini aniqladi. Gap Joser haqida ketmoqda.Bu inshoot Qadimgi podshohlik davrida 3-sulolaning birinchi yoki ikkinchi fir’avni (miloddan avvalgi 2670-2650) Joser uchun qurilgan. U Sakkara platosida joylashgan bo‘lib, oltita katta zinapoyadan iborat va balandligi 60 metrga yetadi. Bugungi kunga qadar piramidalarning qurilishi haqida hech qanday manba saqlanib qolmagan. Shuning uchun olimlar qanday texnologiyalar ishlatilganligini bilishmaydi. Eng keng tarqalgan nazariyaga ko‘ra, og‘ir tosh bloklar panduslar yordamida balandlikka ko‘tarilgan.Yangi tadqiqot Joser piramidasi gidravlik lift yordamida qurilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Olimlar Sakkara gidrologik tarmog‘ini har tomonlama tahlil qilishdi. Ular piramida Gisr al-Mudir to‘g‘oni g‘arbidagi...

Continue reading