Asalxon Saydaxmatxonova

«Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining Filologiya va tillarni o’qitish yo‘alishining ingliz tili 2-kurs talabasi
Ko’rlar dunyosiga qamaldim chog’i
Ham kulgu, ham havas bo’laman senga.
O’ylagan edim bu yer jannat bog’i,
Oxir cho’ktirding sen ko’z yoshlarimga.
Ipsiz bog’langandik, Hudolar guvoh
Sirotdan yiqildim do’zaxni totib,
Sevgi menga bo’libti oliy gunoh,
Qochdingku sen meni olovga otib.
Orzular armonga bo’yalgani rost
Qasamlar ichirding sevgim ustida.
Faqat sen-la kulib, yig’lab, bo’lib mast,
Tayyorman yonishga do’zax ostida.
Ko’zlarimga boqib, boshim silab, so’ng
Tilga talqon solib yurish nimasi?!
Yig’lab-la, men cho’kib ketganman senga
Va yordam berolmas Nuhning kemasi.
••Hayol••
«Ertasidan qo’rqqan odamdek
Men qo’rqaman sensiz qolishdan.»¹
Ko’z yoshim-la suzaman hayol,
Qo’rqaman sensiz o’lib qolishdan.
Qaldirg’och chirqirar tongi saharda,
Ko’klam ham sog’inar iliq bahorni.
Men esa kutarman jannat yo’lida
Sensiz to’lmas jannat, o’rtar dardimni.
Va yoki, do’zaxni birga totarmiz, jonim.
Nodira Nazar she’ridan
••Shafoatli ishq••
Sen birla hayotim yorishgandek yo,
Koʻzlaring qalbimga botgan sabohmi¹?
Maʼbudlar istamas muhabbatimiz,
Bir seni sevganim katta gunohmi?
Tun qora ko’zlaring hayollarimda,
Tunlari uxlamay totganim ohmi?
Chin ishqim sezmayin parvoying falak,
Bir seni sevganim katta gunohmi?
Osmondan tanlangan nur edingmi yo,
Izingdan ergashib qadam qadoqmi?
Roziman sen uchun olovda kuyay,
Bir seni sevganim katta gunohmi?
Yaratgan yuborgan xushxabarchidek,
Soʻzlaring shafoat menga panohmi?
Sukutda sevishim bilgancha aytchi,
Men seni sevganim katta gunohmi?
¹saboh — erta tong.