9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MUNIS DIL MANZUMALARIDAN

notiq.uz > IJODIYOT  > MUNIS DIL MANZUMALARIDAN

MUNIS DIL MANZUMALARIDAN

Munira ismiga monand nur taratuvchi, u ziyo baxsh etuvchidir. Uning manzumalari va mansuralari bilan tanishgan kitobxon Munis Dilga xos noziktabʼ va lirik kechinmalarni falsafiy mushohadalar pardasiga o‘rab berilganini anglab yetadi. Undagi dard, ruhiy kechinmalar hech bir o‘qirmanni befarq qoldirmaydi.
Yaqinda uning navbatdagi «Hayot ertagi» nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Uning muxlislari jam bo‘lgan davra fayzli va tarovatli tarzda o‘tdi.
UzJOKU ning yetiinchi qavatida tashkil etilgan kitobning taqdimotida taniqli ijodkorlardan Botir Ergashev, Shuhrat daryo, Xayrulla Asadov va boshqalar ishtirok etib Munis Dil va uning ijodi haqida o‘zlarining samimiy ayni paytda qimmatli mulohazalarini izhor qilishdi.

Bir eshik ochilsa
Kirsa qaytmasa,
Shodlikka yoʻgʻrilgan koshona.
Bir tilak elasa
Baxtga esh boʻlsa,
Bu omadmi yo peshona ona?!

Har ishni qismatga yuklamam,
Oq tonglar otgani haqiqat.
Yetar endi ortiq yigʻlamam,
Bari ortda qolgan iz faqat.

Shukur va mehnatda saodat,
Toqat, itoat ham ibodat.
Robbim qoʻllagani rohat,
Fikrni zikrni cheklamam.

Bir yorugʻ yoʻllarni koʻzladim,
Men sheʼrni sevaman jon qadar.
Ortimga qarayman jilmayib,
Oʻttiz bir bahorim kun sanar.
2023-yil Oktabr

TAZMIN

Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa

(Erkin Vohidov)

Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa,
Shoirlar tugʻilmay qoʻyadi bunda.
Borliqni bagʻrini jaholat oʻysa,
Dunyoga doyalik qiladi kunda.

Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa,
Koʻksidan tarixin yuladi millat.
Insonlari bir-birin koʻzini oʻysa,
Iztirob chekmaydi, kuladi millat.

Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa,
Bunda boqiylikni qadri qolmaydi.
Hissizlar tun-u kun oʻynasa kulsa,
Kunda birov qoʻlga qalam olmaydi.

Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa,
Oʻzin oʻzligini unutgani bu.
Alif nima bilmay, chogʻirni suysa,
Bilmam qanday qilib yashaydi mangu…
2015-yil

VATAN SOʻZI AYTILMAYDI TIL UCHIDA

Ahd-vafodan gullagaydir har bir hayot,
Ishonch yashab tursa hamda dil ichida.
Yerga urma xoʻrlanmasin adabiyot,
Vatan soʻzi aytilmaydi til uchida.

Shamollardan soʻrab koʻrsang aytar oʻzi,
Soʻz topolmay qizaradi osmon yuzi.
Ilk bor qadam tashlaganing tosh yoʻl izi,
Vatan soʻzi aytilmaydi til uchida.

Muhabbatning mehrin sezib his etmasang,
Qadr qayda oʻz qadringga sen yetmasang.
Koʻp chiranma, yuragingni shart tutmasang,
Vatan soʻzi aytilmaydi til uchida.

Oʻngu-soʻlga qadam tashlab qilma xato,
Mustaqillik erk, ozodlik Haqdin ato.
Ona soʻzi ota soʻzi bilsang hatto:
Vatan soʻzi aytilmaydi til uchida.
2016-yil

Dil bilmas dillarni bilmaydi.

Dovonlar oshaman yoʻlim oq,
Qadamga nurafshon toʻkilgan.
Savobga nigoron koʻz mushtoq,
Sajdaga yoy qaddim egilgan.

Dovonni ishq bilan bosdim rost,
Kalomsiz ishlarim unmaydi.
Goh bulbul habibim doʻstim roz,
Imonim ruhimni poklaydi.

Haq oʻzi egilmas, shahd bergan,
Mashrabdek mastona ahd bergan.
Baxt bergan, menga zoʻr baxt bergan,
Bagʻrimda chamanlar gullaydi.

Dil bilmas dillarni bilmaydi…

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.