12
Август
0
Comments
SHODI OTAMUROD: YURAK IMZOSI
in IJODIYOT, NAZM-U NASR

Yerning bag‘ri buncha qonga taloshdir,
Holiga hayronman, ko‘zimda yoshdir.
Yuragim baxt emas, g‘amga yondoshdir,
Yonimda yoqasi vayron turganda.
Yer samo bag‘rida zarra — arzimas,
Jallodlar yuragi nega darz yemas,
Mening hayronligim hech narsa emas,
Boshqa sayyoralar hayron turganda.
Oldinda marra bor, ortga yo‘l bo‘lsin,
Gulim, salomat bo‘l, dardga yo‘l bo‘lsin,
Ertaklar so‘ylagan shartga yo‘l bo‘lsin,
Ko‘ngil ardoqlagan davron turganda.
She’r kabi hayotning o‘zim mirzosi, Ismingni eslatar yurak imzosi,
Men izlab netgayman bu dard davosin,
Boshimda mehribon Rahmon turganda.