9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

E’tiborga e’tibor

notiq.uz > IJODIYOT  > E’tiborga e’tibor

E’tiborga e’tibor

Inson tabiatan barchaning diqqat markazida bo‘lishni istaydi. YUrish turishiga, nutqi va xulqiga, ko‘rinishu kiyinishiga hamma qarasa, havas qilsa deb orzu qiladi. Aks holda, o‘zini yolg‘izlangan his etadi. Bu izzattalablik emas. Balki doimiy e’tiborda bo‘lish ilinjidan. E’tiborga e’tibor nechun desa, e’tiborsiz qolganim uchun deb javob berishgani bejiz emas. YAratilgan sharoit, atrof-muhit va e’tibor inson kamolotining mezonlaridan. Inson irodasining sustligi, yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri va oqilona foydalana olmasligi uni har xil ko‘ylarga solishi, turli balolarga giriftor qilishi mumkin.

Amerikada elektr kursisida o‘ldirishga hukm qilingan aybdor odamdan oxirgi so‘zi bor-yo‘qligini so‘rashadi. U atrofidagi gazetachilarga, rasmchilarga, kasalxona xodimlariga qarab olgach, achchiq, mahzun ovoz bilan shunday deydi: Agar bolaligimda menga shunchalik e’tibor berilganda, bugun mana bu jazo stulida o‘tirmagan bo‘lardim.

Ta’lim va tarbiya omixta berilmagan jamiyatda bunday achchiq ko‘z yoshlarini ko‘p uchratish mumkin. YOshlarga e’tibor kelajakka e’tibor ekani davlat siyosati darajasida muhim va dolzarblik kasb etishi istiqbol imoratiga qo‘yilgan pishiq g‘ishtdir. SHunday ekan, o‘rinli ta’kidlab o‘tilganidek, jamiyatimizning kelajagi farzandlarimizga bugun qanday ta’lim va tarbiya berilishiga bog‘liq. Bir-birimizga e’tibor masalasi loqaydlik ildiziga bolta urish, beparvolik urug‘ini quritishdir. Ayni damda e’tibor masalasi diqqatni qaratishgina emas, balki yurt, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi hamdir. E’tibor ehtiromga eshik, e’zoz va ezgulikka beshikdir.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.