9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

She’r shavqida

notiq.uz > IJODIYOT  > She’r shavqida

She’r shavqida

She’r yozish va she’r o‘qish yoshlikdan barchaga zavqli tuyuladi. Keyinchalik ayrimlargagina shoirlik taqdirga aylanadi. Qofiyani, hijoni bilgan, joyiga qo‘ygan bilan shoir bo‘lib qolmaydi hech kim. His tuyg‘u va kechinmalarini obrazli ifoda eta olish va shu asnoda muayyan fikr ayta bilish kamdan kam insonlarga nasib etadi. Kamoliddin she’r yozish bilan she’r o‘qishni, har ikkalasidan zavq oladiganlardan. Oldiniga boshqa shoirlarning she’rlarini, keyin esa o‘zining mashqlarini maktabda, to‘y tantanalarida, turli xil tadbirlarda berilib maroq bilan o‘qishni havas qildi va buning uddasidan chiqa oldi. Biron bir ma’rifiy tadbir yoxud ijodiy kechalarni o‘tkazish zarurati bo‘lsa hech ikkilanmasdan boshlovchilik qildi. SHu yo‘sinda u tobora toblana bordi. Natijada ko‘pchilikning e’tiborini tortadigan notiq va yaxshigina shoir bo‘lib etishdi. Ijodkor bo‘lish to‘lg‘oqli dardni bartaraf etishdir. Bir kuni so‘zlar jilolanib, tovlanib, uning qalamiga ko‘chsa, bir kuni so‘zlar begonasirab uning izmiga bo‘ysunmaydi. Ko‘p o‘tmasdan yurtga, ustozlariga, ota-onasiga, eldoshlariga bo‘lgan muhabbat bois qo‘liga yana qalam oldi. Bu gal so‘zligiyam, o‘zligiyam shakllandi. Dilidagi alami qo‘lidagi qalami bilan sirlasha boshladi.

Ulug‘larning so‘zlarini zikr qildi, fikr qildi va buning shukronasini qildi, oqibatda Kamoliddin SHukur bo‘ldi. SHuni unutmangki, uning ijodida oila, otaona, farzand, ayol zotiga mehr,kindik qon to‘kilg‘on makonga sadoqat hissi qizil ip bo‘lib o‘tadi. Serquyosh vataniga ko‘z tegmasligini, olamga nur bergan chiroq vatani ekanini ta’kidlab qalbida iftixor tuyg‘usini tuyadi. Jamiyatning kichik yacheykasi oilaning muqaddasligi, aniqrog‘i, oila qayg‘usi vatan tuyg‘usi bilan uyg‘unlashib ketishiga, bir butunligiga ishora bor unda.

Keling, avvalo, uning tarjimai holiga birrov nazar tashlangda, undan keyin she’rlaridan bahramand bo‘lib xolisona baho bering.

Kamoliddin 1983 yilning 21 noyabrida Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanining «Sayyidkent» qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. YOshligidanoq she’rlar yozib, qo‘shiqlar yarata boshlagan. SHoirning she’rlari Respublika vaqtli matbuotida muntazam yoritilib borilmoqda. Uning «Otam tug‘ilgan hovli» deb nomlangan ilk kitobi ko‘pgina e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. 2012 yilda «YUragimda bir qiz yig‘laydi» nomli ovozli diski muxlislar e’tiboriga havola etilgan. Uning ko‘pgina she’rlari xonandalar tomonidan qo‘shiq qilinib elimizga armug‘on etilmoqda. SHoirning ovozli yozuvlarini hamda turfa she’rlari guldastasini internetning har xil saytlaridan hamda ijtimoiy tarmoqlardan ham topib bahramand bo‘lishingiz mumkin.

VATAN!

Kindik qonim tomgan go‘zal makonim,

Gulu gulzor YUrtim,-bog‘u bo‘stonim.

Mo‘‘tabar Zaminim,tiniq Osmonim,

Onamdek muqaddas tuprog‘im Vatan.

Dunyoni yoritgan munavvar ma’vo,

Bag‘ringda Samarqand, ko‘rkam Buxoro.

Ona SHarq qo‘ynidan taralgan ziyo,

Olamga nur bergan chirog‘im Vatan.

Olisdan chorlaydi Bobur faryodi,

Vatan deya o‘tgan buyuklar yodi.

Hazrat Navoiyning so‘nmas ijodi,

Ko‘zimga to‘tiyo ardog‘im Vatan.

Arziydi,bir kuni o‘zingga qaytsam,

Tuprog‘ing zarrasi jonimga malham.

Mehringdan zavqlanib «Vatan»deb aytsam,

Ko‘ksimni tebratgan titrog‘im Vatan.

Ko‘rolmaslar yonib qolganda dog‘da,

Senga tosh otganlar qolsa firoqda.

YUtuqlaring ko‘rib sevingan  chog‘da,

Ko‘zimda yosh to‘lgan qarog‘im Vatan.

 

ONAM YIG‘LADI

Goho menga taqdir qilmadi shafqat,

Goho boshginamga tushdi musibat.

Yiqildim,g‘animlar kuldilar faqat,

Onam yig‘ladi.

Qoqildim, izlar ham kulib ketdilar,

Bahorlar,kuzlar ham kulib ketdilar.

Men suygan Qizlar ham kulib ketdilar,

Onam yig‘ladi.

Men noshud kimlarga qilgandim havas,

Men g‘aribga faqat orzu bo‘lsa bas.

Yig‘lasam qo‘shilib farzandlarimmas,

Onam yig‘ladi.

Qon yutdim,oshkora quvondi g‘anim,

G‘iybatlar qildilar yuragim yarim.

Ko‘zlarin yoshini yashirgancha jim,

Onam yig‘ladi.

Men bir xasta edim,men bir xokisor,

Bir qo‘lida qalam,bir qo‘lida tor.

Tonglari joynamoz ustida zor-zor,

Onam yig‘ladi.

Men nechun yig‘ladim,yig‘ladim yo Rab?

Tunda Osmonlarga ma’yus mo‘ltirab.

Mening iqbolimni Xudodan so‘rab,

Onam yig‘ladi.

Menku ne berardim do‘stu g‘animga,

Nima kerak mendek ko‘ngli yarimga?

Haqdan insof so‘rab dushmanlarimga,

Onam yig‘ladi.

SHukur omon kunlar keldilar qaytib,

O‘sha loyqa suvlar tindilar qaytib.

YAratganga ming bor shukrona aytib,

Onam yig‘ladi…

 

OTA BO‘LDIM

Otam Tohir Hazratqul o‘g‘liga…

YUrak parvozga shay,- yashashga maftun,

Quvonch og‘ushida chinqirar beun.

Kecha bola edim, bugunchi, bugun,

Ulg‘ayib qudratga to‘ldim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

Endi qolar bo‘ldi ortimda otim,

O‘g‘lim yuragida urar hayotim.

Beshikda chinqirar, mening zuryotim,

Bir quvonsa ming bor kuldim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

Parvonasi bo‘ldim, oyu kunlarda,

Yig‘laganda dardim qotdi unlarda.

Bemor bo‘lib chiqqan bedor tunlarda,

Uzilgan g‘unchadek so‘ldim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

O‘g‘il qizim kelib to‘ldi quchog‘im,

Bog‘bonga aylandim, gurkirab bog‘im.

Dardin tuzatolmay qon yutgan chog‘im,

Sizning qadringizni bildim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

Ota,-azob ekan bag‘ir to‘lguncha,

Padarning azobi ekan o‘lguncha.

SHunday kattakalon Yigit bo‘lguncha,

Qora sochingiz qor qildim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

Keling bir silay ko‘z qoshlaringizni,

SHukronasin aytay oshlaringizni.

O‘ttizga kirmasdan sochlaringizni,

Nega oqarganin bildim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

Ketidan quvladik tilloni, zarni,

Otajon kechiring mendek qaysarni.

Oltinga teng o‘sha nasihatlarni,

Endi qulog‘imga ildim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

Ba’zan bilib-bilmay berdim aziyat,

Ba’zida o‘g‘ildek qilmadim hurmat.

Nelar qilgan bo‘lsam kechiring faqat,

Ayb qilib bag‘rimni tildim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

Men ham sizdek halak farzand g‘amin eb,

Axir farzand tumor, farzand bizga zeb.

Kechami-kunduzmi bola chaqa deb,

Eslolmayman,- qachon tindim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

Kamoliddin aytdi siz quloq iling,

O‘g‘lingiz dardini bir hikmat biling.

Qo‘lingizni oching, bir duo qiling,

Nevarangiz bilan keldim Otajon,

Men ham sizdek Ota bo‘ldim Otajon.

 

KO‘Z TEGMASIN

To‘rt tomoni chamanzor,

Bundayin yurt qayda bor?

SHunday go‘zal betakror,

Zamonga ko‘z tegmasin.

Afsonaga aylangan,

Ishqi dilga joylangan.

Ulug‘ yo‘lga shaylangan,

Karvonga ko‘z tegmasin.

Vatan uchun oshar qir,

YOzu qish qoru yomg‘ir.

O‘zbekman degan har bir,

Insonga ko‘z tegmasin.

Osiyoda yagona,

Tengsiz gavhar, durdona.

Toshkent, Xiva, Farg‘ona,

Anjanga ko‘z tegmasin.

Ko‘rganlar qilar havas,

Baxt ulashar basma-bas.

Oiladek muqaddas,

Qo‘rg‘onga ko‘z tegmasin.

Tuprog‘i oltin go‘yo,

Kelgan sayyohi shaydo.

Samarqandu Buxoro,

Surxonga ko‘z tegmasin.

Qadam bodsar izma-iz,

Hech kimdan kammas hargiz.

Vatan deya yongan qiz,

O‘g‘longa ko‘z tegmasin.

Ona yurt madhi takror,

Kuylanar kunda bisyor.

SHo‘x-sho‘x qo‘shig‘u alyor,

Dostonga ko‘z tegmasin.

Mag‘rur ko‘taray boshim,

So‘nmagay baxt quyoshim.

Elim degan YUrtboshim,

Sorbonga ko‘z tegmasin.

Dehqoni sharaf topgan,

Tuproqdan sadaf topgan.

Viqor-la Ko‘kni o‘pgan,

Xirmonga ko‘z tegmasin.

Madhi tillarda doston,

Qoyildur butun jahon.

Serquyosh O‘zbekiston,

Oshyonga ko‘z tegmasin.

 

OILAM, — FARZANDLARIM

Topganim, tillo, zarim,

Ularsiz ko‘nglim yarim.

Baxtu, iqbolim manim,

Oilam, — farzandlarim.

Umr bir yongan chiroq,

Menga jon aziz boroq.

Jonimdan ham azizroq,

Oilam, -farzandlarim.

Hayot baxt munajjimi,

Insonning muallimi.

Men uchun eng muhimi,

Oilam, -farzandlarim.

SHoirman, -ko‘p oshig‘im,

San’atimga sodig‘im.

Eng muqaddas qo‘shig‘im,

Oilam, -farzandlarim.

Ezar lahza firog‘i,

Sezilar dil titrog‘i.

Umrimning ko‘zmunchog‘i,

Oilam, -farzandlarim.

Birga bo‘lsam yo‘q alam,

Ko‘ngilga sig‘maydi g‘am.

Xasta jonimga malham,

Oilam, -farzandlarim.

Badavlatman, boyman man,

Ko‘kda yulduz, Oyman man.

Mening buyuk xazinam,

Oilam, -farzandlarim.

CHo‘rt emas dard totganim,

Mashaqqatga botganim.

Bu Dunyoda topganim,

Oilam, -farzandlarim.

 

eRKAK

Rizqu-ro‘z ishqida bir joni halak,

Mag‘ribu, Mashriqni kezar jonsarak.

Oila sha’nini tutib turguvchi,

Tosh o‘tmas qo‘rg‘oni bo‘larkan Erkak.

Umidi uzilsa qoshi hiloldan,

Mehr ko‘rmasa gar sohibjamoldan.

Xudo qisgan bo‘lsa jufti haloldan,

Sarg‘ayib-sarg‘ayib so‘larkan Erkak.

YAsharkan bir umr kutib turib ham,

Ro‘zg‘orin omochin tutib turib ham.

Dardini ichiga yutib turib ham,

Hech kimga bildirmay yurarkan Erkak.

YUragin qonini tuproqqa qorib,

Imorat solarkan, yog‘ochlar yorib.

Uzun kechalarda Haqqa yolvorib,

Farzandiga iqbol tilarkan Erkak.

Bechora tinmaydi, qishmi, yoz, bahor,

Ko‘klamda g‘isht terar, qishda kurar qor.

Qachon to‘lar ekan ro‘zg‘or degan g‘or,

Ey Xudo, -ayt qachon tinarkan Erkak?

Umr o‘tar, kelar turnalar qaytib,

Eski dardlar qalbin tirnalar qaytib.

Ayoli yig‘lasa dardini aytib,

Qon yig‘lab, yolg‘ondan kularkan Erkak.

Erkak ham birovning bitta yolg‘izi,

Sochidagi oqmas, g‘amlarning izi.

Bemehr chiqqanda o‘g‘li yo qizi,

Qon yutib, bag‘rini tilarkan Erkak.

Erkakka ne kerak?-erkakka ne zeb,

YAshab yuraverar bir burda non eb.

Ey g‘anim, qarg‘ama, juvonmarg bo‘l, deb,

Qachon qaytishini bilarkan Erkak.

Umr o‘taverar bag‘ringni o‘yib,

Musibat qiynaydi bepichoq so‘yib.

Ayolin ko‘ksiga boshini qo‘yib,

Goho tik oyoqda o‘larkan Erkak.

Ayolning poyida Jannatdir, bor gap,

Rizolik olingan uch bora so‘rab;

Hali bu Dunyodan o‘tmay vo ajab,

Tiriklay Jannatiy bo‘larkan Erkak,

Tiriklay Jannatiy bo‘larkan Erkak.

 

ASL YIGIT ARDOQLAYDI AYOLINI

Arosatda qoldirib o‘z halolini,

Ko‘cha kuyda buzib yurmas xayolini.

Birga ko‘rib farzandlarin kamolini,

Asl Yigit ardoqlaydi Ayolini.

Pastu baland qo‘rg‘onlarga bo‘ylamas hech,

O‘zga ishqu muhabbatni o‘ylamas hech.

Kaftlarida tutib yurar ertayu-kech,

Asl Yigit ardoqlaydi Ayolini.

Kerilmaydi topayotgan pullariga,

Begona ishq in qurmaydi dillariga.

Qalb mehrini sochqi qilib yo‘llariga,

Asl Yigit ardoqlaydi Ayolini.

SHerik qilar, orzulari, armoniga,

SHerik qilar dardlariga, darmoniga.

Qalqon bo‘lar, oilasi, qo‘rg‘oniga,

Asl Yigit ardoqlaydi Ayolini.

Sir yashirib, dardin ichga yutib yurmas,

Panalarda kim-kimlarni kutib yurmas.

Go‘zallarning etagidan tutib yurmas,

Asl Yigit ardoqlaydi Ayolini.

CHamanzorim, -oilamning lolasi deb,

SHugina ham bir mo‘minning bolasi deb.

Suyukligim, -bolalarim onasi deb,

Asl Yigit ardoqlaydi Ayolini.

Sevdim deya yurak bag‘rin tilmasa ham,

Erta-yu, kech shodon o‘ynab kulmasa ham.

Kunda bir bor gul ko‘tarib kelmasa ham,

Asl Yigit ardoqlaydi Ayolini.

Bir ko‘rmasang xasta ko‘ngling to‘larmikin,

Ayolsiz uy barakali bo‘larmikin?

Ayolingni boshga ko‘tar Kamoliddin,

Asl Yigit ardoqlaydi Ayolini.

 

QIZLARIMGA

Ushbuni  Samarqandlik qadrdonim Nurmuhammad akamga bag‘ishlayman.

Duo aylay,-ey YAratgan Parvardigor,

Ikki Dunyo yorug‘ qilsin yuzlarimni.

To hayotman, aytadurman takror-takror,

Ming o‘g‘ilga alishmasman qizlarimni.

Taqdir mening so‘qmog‘imdan yo‘l ochsa ham,

Har bir bosgan qadamimdan gul ochsa ham.

Boshginamdan kunda tillo, zar sochsa ham,

Ming o‘g‘ilga alishmasman qizlarimni.

Sabr qildim, ojizlarga Tangri yordir,

Garchi qismat sinovidan sochim qordir.

Qizlarimdan bo‘lak yana kimim bordir?

Ming o‘g‘ilga alishmasman qizlarimni.

YArashadi sochimdagi qirovlarim,

So‘nmagan hech, yurakdagi olovlarim.

Xudo bersa o‘g‘il bo‘lar kuyovlarim,

Ming o‘g‘ilga alishmasman qizlarimni.

SHular bordir, baxtu iqbol umrimga zeb,

SHular hamroh, ezilmayman dardu g‘am eb.

O‘rtanmayman, o‘ksinmayman o‘g‘lim yo‘q deb,

Ming o‘g‘ilga alishmasman qizlarimni.

Iqbol bersin, iqboliga sherikmanku,

SHiringina xayoliga sherikmanku.

SHular bilan bu Dunyoda tirikmanku,

Ming o‘g‘ilga alishmasman qizlarimni.

Mayli yarim ko‘nglim ezsin bir kam Dunyo,

Mayli mening ko‘z yoshlarim bo‘lsin daryo.

O‘g‘il qadri jon-jonimdan o‘tar ammo,

Ming o‘g‘ilga alishmasman qizlarimni.

Kamoliddin, tingla aytgan so‘zlarimni,

Vaqti etib, tuproq ko‘mar ko‘zlaringni.

Garchi mening tobutkashim bo‘lmasa ham,

Ming o‘g‘ilga alishmasman qizlarimni.

 

BUXORO

Dovrug‘i Dunyoga bo‘ylagan makon,

Minorlari doston kuylagan makon.

Tuprog‘i moziydan so‘ylagan makon,

Sen tarix dardiga malham Buxoro,

Hamisha navqiron,-ko‘rkam Buxoro!

Ne kunlar boshingdan o‘tdi birma-bir,

Gohida qor kechding,gohida yomg‘ir.

Ona SHarq bag‘rida bitgan Javohir,

O‘zing Olam ichra Olam Buxoro,

Hamisha Navqiron,-ko‘rkam Buxoro!

Sehringdan kuch olib lol qoldi Dunyo,

Madh etib Marsgacha dod soldi Dunyo,

Har qarich eringda ming bir avliyo,

Har dardga bir tabib,malham Buxoro,

Hamisha navqiron,-ko‘rkam Buxoro!

Bugun betakrorsan,hur erkin bo‘lib,

Gullagansan,hurlik ishqiga to‘lib.

SHundayin fusunkor jamoling ko‘rib,

Faxr etar,har bitta Odam Buxoro,

Hamisha navqiron,ko‘rkam,-Buxoro!

Bir shoir bolangman,madhing uchun shay,

Tuprog‘ingni hidlab,ming doston bitay.

Jonimni sadog‘a etsam arzigay,

Sen uchun,har lahza,har dam Buxoro,

Hamisha navqiron,ko‘rkam,-Buxoro!

 

ONALAR VA BOLALARIMIZGA!

Ikki Dunyo ko‘rmagay kulfat,

Yo‘lamagay ming dardu illat.

Aziz bo‘lgay,mukarram bo‘lgay,

Onasini asragan millat,

Bolasini asragan millat!

Mehr bo‘lgay ko‘ngillarga jo,

Har nigohdan muhabbat paydo.

Asli Ona aziz,mo‘‘tabar,

Bola bilan go‘zal bu Dunyo.

Gurkirasin gulu lolalar,

O‘ssin,unsin jigar poralar.

Ko‘rki bo‘lsin O‘zbekistonni,

Sog‘lom Ona,sog‘lom bolalar !!!

Yo‘lamagay dard,qayg‘u,xatar,

Mangu bo‘lgay iqbol muyassar.

Zamin sokin,el shodon bo‘lgay,

Farzandlari sog‘lom bo‘lsa gar.

Ota posbon,Onadur bog‘bon,

Ona bilan dillar charog‘on.

Ona mehri,duosi bilan,

Faxr topgay har bitta Inson.

Ota joni farzand bilandir,

Ona joni farzand bilandir.

Vatan tinchi boqiy,muqarrar,

Millat shoni farzand bilandir.

Gulgun kechar bu sokin hayot,

Dillar qayg‘u,tashvishdan ozod.

Bola sog‘lom,Ona sog‘ bo‘lsa,

Oila tinch,ko‘ngillar obod.

Maqsad shuki,dil nurga to‘lsin,

O‘g‘il qizlar o‘ynasin,kulsin.

Farzandlarga ehtirom etgan,

YUrtboshimiz sog‘-omon bo‘lsin!

Mangu qolgay mehru muhabbat,

Bizga meros xayru sahovat,

Aziz bo‘lgay,mukarram bo‘lgay,

Onasini asragan millat.

Unib o‘ssin,jigar poralar,

Baxtga to‘lsin Ota onalar.

Ko‘rki bo‘lsin O‘zbekistonni,

Sog‘lom Ona,sog‘lom bolalar !!!

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.