9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

SHODI OTAMUROD:  YURAK IMZOSI

notiq.uz > IJODIYOT  > SHODI OTAMUROD:  YURAK IMZOSI

SHODI OTAMUROD:  YURAK IMZOSI

Yerning bag‘ri buncha qonga taloshdir,

Holiga hayronman, ko‘zimda yoshdir.

Yuragim baxt emas, g‘amga yondoshdir,

Yonimda yoqasi vayron turganda.

Yer samo bag‘rida zarra — arzimas,

Jallodlar yuragi nega darz yemas,

Mening hayronligim hech narsa emas,

Boshqa sayyoralar hayron turganda.

Oldinda marra bor, ortga yo‘l bo‘lsin,

Gulim,  salomat bo‘l, dardga yo‘l bo‘lsin,

Ertaklar so‘ylagan shartga yo‘l bo‘lsin,

Ko‘ngil ardoqlagan davron turganda.

She’r kabi hayotning o‘zim mirzosi,                            Ismingni eslatar yurak imzosi,

Men izlab netgayman bu dard davosin,

Boshimda mehribon Rahmon turganda.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.