9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

Qalb-u qiyofat qalqoni

                                                  Har bir davlatning qalbu qiyofati uning Konstitutsiyasi va fuqarolarining unga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi. U davlatning asosiy qonuni boʻlib, unda davlatning huquqiy tizimi, tashkiloti va fuqarolarning huquqlari mujassam.Konstitutsiya tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak,  uning oʻziga xos bosqichlari boʻlgan.  Antik davrda, Gretsiya va Rim davlatlarida davlat tashkilotini aniqlash, huquqlarni tartibga solishga harakat qilishga ehtiyoj sezilgan.  Platon va Aristotel davlatning barqarorligi va fuqarolarning huquqlariga oid nazariyalarni ishlab chiqishgan. Aristotelning “Siyosat” asari davlatni tasnif qilishga qaratilgan. Rim huquqi -...

Continue reading

O‘zbekiston JSTga a’zolik yo‘lida Xitoy bilan ham muzokaralarini yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.«Pekin shahriga juda qisqa, biroq samarali tashrif bo‘ldi. Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama muzokaralar nihoyasiga yetdi.Fursatdan foydalanib XXR Tijorat vazirligi, vazir o‘rinbosari Li Fey, departament direktori Li Defeng janoblari va butun jamoaga konstruktiv muloqot uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz», – deb yozdi O‘runov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.O‘zbekiston vakilining qayd etishicha, joriy yil yakunida Jahon savdo tashkilotiga a’zolik buyicha ikkita eng yirik global savdo egalari – AQSh va Xitoy bilan muzokalar tugallandi.«22...

Continue reading

Samarqandda topilgan dahma va qabrtosh «milliy ro‘yxat»ga kiritilishi mumkin

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Qayrag‘och qishlog‘ida joylashgan «Ko‘ktosh» qabristoni hududidan qadimiy 2 ta dahma hamda 1 ta qabrtosh topildi.Topilmalar Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.Qayd etilishicha,qabristoni hududidan topilgan qadimiy daxma hamda qabrtoshlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 846-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Milliy ro‘yxatida qayd etilmagan.«O‘rganishlar davomida topilgan noyob toshlar o‘rta asrlarga oid ekanligi aniqlandi. Ushbu topilmalarni tarixiy ahamiyatini aniqlash maqsadida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.Shuningdek, Pastdarg‘om tumani hokimligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 26-2712-sonli xatiga asosan, 2 ta qadimiy daxma...

Continue reading

 “BAGʻRIKENGLIK HAFTALIGI” DOIRASIDAGI UCHRASHUV

      Maʼlumki, “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” (International Day for Tolerance) har yili 16-noyabrda nishonlanadi. BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1996 - yilda eʼlon qilingan bo‘lib, bu kunning maqsadi — dunyodagi insonlarni oʻzaro bagʻrikenglikka, turlicha fikr va qadriyatlarga ehtirom bilan qarashga chaqirishdir. Har bir insonning madaniyati, irqi, dini va tilga qaramasdan oʻzaro tushunish va bagʻrikenglikni targʻib qilish muhim.Bu kun, va uning targʻiboti, jamiyatlarda tinchlik, hamjihatlik va barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiда 2024 - yilning 29 - noyabr kuni universitetda “Biz birmamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”, “Diniyma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik – jamiyatbarqarorligi sharti” mavzusida davra suhbati tashkiletildi.Mazkur tadbirda Respublika Turkman milliymadaniyat markazi...

Continue reading

2025-yilda kambag‘allikni qisqartirishga jami 20 trln so‘m mablag‘ ajratiladi

Bugun, 26-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, jumladan, «2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.Qonun loyihasining konsepsiyasi yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’ruza qildi.Vazirning ta’kidlashicha, 2025-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun yetarli miqdorda mablag‘ ajratilgan, shu jumladan ish haqi, pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash hamda inflyasiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish ko‘zda tutilgan.Loyihada aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish uchun Davlat budjeti...

Continue reading

Noma’lum virus tarqalgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda xavfli virus tarqalayotgani va kasallik ko‘proq bolalarga ta’sir qilib, ularda pnevmoniyani keltirib chiqarayotganiga doir xabarlar tarqaldi.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov mazkur xabarlarga munosabat bildirib, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan respirator kasalliklar mavsumiy xarakterga ega ekanligini ma’lum qildi.– Kuz-qish davrida ularning ko‘tarilishi kuzatiladi va bundan zinhor xavotirga tushish kerak emas.Masalan, bir necha hafta oldin yurtimizda havo harorati keskin pasayishi qayd etildi. Bunday sharoitda ko‘pchilik xonalardagi issiqlikni mo‘’tadil saqlab turish uchun eshik-derazalar, tirqishlarni zichlab yopgani tabiiy hol. Oqibatda xonadonlar va yopiq bino-inshootlarda havo almashinuvi kamayishi hisobiga atmosferada viruslar konsentratsiyasi oshishi kuzatildi.Odatda o‘tkir respirator kasalliklar...

Continue reading

Toshkent viloyatida noqonuniy «jamoat» bo‘lib yig‘ilganlar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida noqonuniy «jamoat» bo‘lib yig‘ilganlar qo‘lga olindiIIV hamda DXX xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlarda Toshkent viloyatida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolganlar aniqlandi.IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2007-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishi natijasida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy «jamoat» bo‘lib yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan «Islom davlati» xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirganliklari aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. ...

Continue reading

Mahallalardagi obro‘-e’tiborli nuroniylar kambag‘al oilalarga biriktiriladi

Mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag‘al oilaga biriktiriladi.Bu haqda joriy yil 25-noyabrda imzolangan PQ-405-son «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida gap boradi.Bunda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo‘nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash;piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini...

Continue reading

Poytaxtning ikki ko‘chasi ayrim qismlari 20 kunga yopildi

Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida o‘tuvchi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlarida joriy yilning 10-dekabriga qadar harakat cheklanadi.Poytaxt elektr tarmoqlari korxonasi xabariga ko‘ra, bu Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur ishlar ma’lum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqazo qiladi.Shu sababli, joriy yilning 22-noyabr kuni soat 00:00 dan 10-dekabr kuniga qadar:Furqat ko‘chasining Beshyog‘och maydonidan Seul ko‘chasi keshishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalishi;Beshyog‘och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida ikki tomonlama yo‘nalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi.Ko‘rsatilgan davr mobaynida harakat...

Continue reading

Bolalar uylarida «Onalar maskani» xizmati yo‘lga qo‘yiladi – Prezident farmoni

2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida «Onalar maskani» xizmati yo‘lga qo‘yiladi.Bu borada «Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-185-son farmon qabul qilindi. «Onalar maskani»da:onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi;yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda...

Continue reading