9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024 yil 27 iyuldan 10 avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining «Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul» bo‘limiga kirib, «Xizmatdan foydalanish» tugmasi bosiladi va «OTM tanlash» bo‘limiga o‘tiladi.Dastlab abituriyent «Tanlov ustuvorligi» va «Maqsadli qabul» bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab,...

Continue reading

Magistratura qabul kvotasi tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025-o‘quv yilida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti e’lon qilinganini ma’lum qildi.Magistratura mutaxassisliklari uchun davlat OTMlarida jami 17 500 ta o‘rin ajratilgan.Davlat granti uchun ajratilgan kvotalar — 9 365 ta. Shundan o‘zbek tili — 8 092 ta, rus tili — 1 273 ta.Kontrakt — 8 135 ta kvota, shundan o‘zbek tili — 6 539 ta, rus tili — 1 596 ta.Avvalroq davlat OTMlarida yangi o‘quv yilining bakalavriat bosqichi uchun ta’lim yo‘nalishlari, tillar, yo‘nalishlar va OTMlar kesimida qabul kvotalari e’lon qilingan edi. ...

Continue reading

O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammiti samarali bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi.Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ularning yakunida yetakchilar Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi. Energetika, avtomobilsozlik va to‘qimachilik sanoatida yirik qo‘shma loyihalarga start berildi.Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston san’at ustalarining konsertini tomosha qildilar.Bugun yetakchilarning muloqoti Xivada davom etdi. "Xiva gilamlari" kombinatining ishlab chiqarish quvvatlari, "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.Prezidentlar rafiqalari bilan birgalikda qadimiy Xiva shahrining tarixiy-me’moriy durdonalarini ham ziyorat qildilar.Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev...

Continue reading

O‘zbekiston va Qozog‘iston bo‘ylab o‘tuvchi yangi havo yo‘lagi ochildi

Qozog‘iston va O‘zbekiston havo kengliklaridan o‘tuvchi yangi — T916 yo‘nalishi ochildi. U Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi parvozlar uchun qo‘shimcha yo‘nalish ham hisoblanadi, deb xabar berdi Zakon.kz.Yo‘nalish ochilganidan buyon Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasida 19 ta parvoz amalga oshdi. Yoz oxiriga borib, foydalanuvchilar yangi trassaga ko‘nikma hosil qilib bo‘lgach, parvozlar soni yanada ko‘payishi mumkin, deyiladi Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.Yangi yo‘nalishdan foydalangan aviakompaniyalar: Lufthansa Cargo (Germaniya), Cargolux (Lyuksemburg), Cargolux Italy (Italiya), Nomad aviation (Shveysariya), Western Global Airlines (AQSh), Aerologic Cargo Airlines (Germaniya).Havo yo‘lagi (T916) umumiy uzunligi 2 187 km bo‘lib, shundan 437 kilometri O‘zbekiston, 1 750 kilometri...

Continue reading

6 oyda 800 nafardan ortiq mahkum kasbga o‘rgatilib sertifikatlar topshirildi – Ombudsman

2024-yilning 1-yarim yilligida 800 nafardan ortiq mahkumlar kasbga o‘rgatilib, ularga sertifikatlar berildi.Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 2024-yilning birinchi yarim yilligida qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.«Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy va Namangan viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari va viloyatlardagi «Hunarmand» uyushmasi bilan birgalikda ushbu hududlardagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda», – deyiladi Ombudsman xabarida.Shuningdek, Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, Jizzax shahar hamda Do‘stlik tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonalari, Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi VSH kapital, Samarqand viloyatidagi VSH joriy, Nurafshon shahar va Toshkent tumani...

Continue reading

TIL TA’LIM-TARBIYANI TA’MINLASHDAGI TA’SIRCHAN MEXANIZM   

         Globallashuv davrida, keskin islohotlar olib borilayotgan ayni paytda ta’lim-tarbiyaning sifati va samarasi masalasiga e’tibor katta  ahamiyat kasb etayotgani sir emas. Tabiiyki, sifat va samara mezoni esa bilim va tushunchalarni o‘quvchi ongu shuuriga aniq, to‘g‘ri, to‘la, tezkor va eng muhimi, ta’sirli yetkazish omili bilan bog‘liqdir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro uyg‘un tushunchalar. Ular aslida, ajralmas. Bamisoli insonning vena va arterial qon aylanish tizimiga o‘xshaydi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ularni bir tanganing orqa va oldi yoki et va tirnoqqa qiyos qilish mumkin. Shunday ekan, ana shu uzviy birlik barkamollikning belgisi hamdir. Inson qalbiga yo‘l ta’lim va tarbiyadan boshlanarkan, uning muhim mezonlar haqida o‘ylash...

Continue reading

Birinchi yarim yillikdagi iqtisodiy natijalar va yil yakunigacha mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.Avvalo, bajarilgan ishlar qisqacha aytib o‘tildi. Joriy yilning olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paygan. Sanoat 7,8 foizga, qurilish 10,1 foizga, xizmatlar 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi 3,8 foizga o‘sgan. Budjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foiz oshgan.Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trillion so‘mga, ya’ni 45,1 milliard dollarga yetgan. Bunday raqamlar ilgari bo‘lmagan.O‘tgan davrda jami kapital qo‘yilmalar 229 trillion so‘mni tashkil qilgan. Shundan 15,5 milliard dollari...

Continue reading

Amerika texnologiyalar universiteti uchun Toshkentning Beshyog‘och ko‘chasidagi binolar ijaraga beriladi

Bir muddat oldin Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etilishi haqida xabar qilingan edi. Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universitetining ta’lim jarayonini tashkil etishda Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan «Cintana Education» kompaniyasi hamkor etib belgilangan.Universitet tashkil qilish uchun mazkur kompaniyaga Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino-inshootlar unga biriktirilgan hudud bilan birgalikda 49 yil muddatga ijaraga beriladi.Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiradi.Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt summasi Universitet tomonidan belgilanadi.Universitet...

Continue reading

O‘zbekistonning «bosh YPX inspektori» lavozimidan olindi

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Saidov Olim Choriqulovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.Shu munosabat bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga polkovnik Ibragimov Sherzod Shokirovich tayinlandi.Tayinlovga qadar Sh.Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. ...

Continue reading

Qirg‘iziston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelyapti

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbakiyev ma’lum qildi. «Tashrif doirasida prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi», – dedi Muratbek Azimbakiyev. Tashrif doirasida, shuningdek, Sadir Japarov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlari rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi. Shu bilan birga, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat rahbarlari ishtirokida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, ushbu tashrif bilan bog‘liq Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi,...

Continue reading