a

Facebook

Twitter

Copyright 2015 Libero Themes.
All Rights Reserved.

9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

Search
Menu

Anora Asadzoda

San’at shunday qirradorki, u go‘zallik, nafosat manbai ekan uni tarannum etuvchi fazilatlar san’atkor tabiatida, tiynatida bo‘lmasa, e’tiborga tushishi qiyin. Suvratu siyrat uyg‘unligi, kiyinish va ko‘rinish, aniqrog‘i uning o‘ziga xosu mos imidji bo‘lishi zarur. Ovoz imkoniyatlari, nolayu ohanglari bilan har bir san’atkorning o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Unda shu xususiyatlarni qadrlaydigan tomoshabinlarning dili va didi ham bir- biridan ajralib turadi. Ba’zilar san’atkorning qaddi-qomatini birinchi o‘ringa qo‘ysa, ba’zilar uning ovozini, ba’zilar esa libosini, ba’zilar repertuarini, ayrimlar esa san’atkorning to‘yda, ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutishi, xulq-atvorini, qo‘pol yoki muloyimligini, ayrimlar xushmuomalaligini birinchi o‘ringa qo‘yishadi. Mayli, kim san’atkorning qaysi tomoniga ko‘proq e’tibor qilishi uning xarakteri, qiziqishi va didi, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviyatiga daxldor. San’atkorning soni ko‘p, sifati kam bo‘lgan zamonda yashash og‘ir, albatta. O‘tmish ajdodlarimiz san’atning kuchi va qudratini, mohiyatini bizga nisbatan teranroq tushunganlar. SHuning uchun ham san’atkorlar soni barmoq bilan sanarlik bo‘lgan. Ular jonli ijroda tabiiy ovoz qudrati bilan olqish olganlar.

Umidli san’atkorlarimizdan biri Anora Asadzoda ana shu xususiyatlarni, sahna madaniyatini va ustozlar yo‘l-yo‘rig‘iga amal qilish zaruratini yaxshi his etadi. Pskentda tug‘ilib, musiqa va san’atning noni eyish uchun katta jasorat kerak bo‘lishini, mashaqqatli dovonlardan oshib o‘tish lozimligini u yaxshi tushunadi. Hech kimning moddiy yordamiga muhtojlik sezmasdan, o‘qish va o‘rganish, izlanish va intilish orqaligina murod manzilgohiga etib borish haqida ko‘p o‘ylaydi. U qator qo‘shiqlar yaratdi. Uning ayrim qo‘shiqlarida mahzunlik hukmron. Ustozlari ijro etgan qo‘shiqlarni aytganida ham negadir, hayot muammorlari oldida dam esankirab, dam talmovsirab qolgandek tutadi o‘zini. Aslida, unday emas. Bu sahna madaniyatini va xalq e’tirofi oldidagi mas’uliyatni his etishdan kelib chiqadigan holat. U san’at yo‘lida nimagaki erishsam halollik bilan erishaman deb o‘z oldiga maqsad qilgan.

Uning “Armon” nomli qo‘shig‘i asosida ishlangan videoklipni “Toshkent” telekanali orqali efirga uzatilganida tomosha qilishdan, diqqat bilan tinglashdan aslo erinmasdik. Unda yor vasliga talpingan oshiqning dil iztiroblari alamli kechinmalari bor. Xuddi shu fikrlarni uning keyinchalik yaratilgan “Sevgilim” qo‘shig‘ida ham kuzatish mumkin. U turk, qozoq, turkman va tatar tillarida ham jozibador qo‘shiqlarni ijro etishni orzu qiladi, yaqin kunlarda ushbu niyatlarining amalga oshishiga chin dildan ishonadi. Maftunkor, umidli yosh san’atkorimiz Anoraning ijodiy barnomasidan munosib o‘rin olgan – xalqlar do‘stligi, tinchlik va ona-vatanga sadoqat mavzui uning ijodiga ruh va mazmun baxsh etishini ko‘pchilik san’atshunos munaqqidlar allaqachon e’tirof etishgan. U hamon izlanishda, san’atda albatta, o‘z yo‘lini topadi, onaizorining orzulari ushalishini biladi.
Qadrdon singlimiz Anora Asadzodaga san’atning mashaqqatli yo‘llarida porloq istiqbol va xalq mehru muhabbatini, ishonchini qozonishini sidqidildan tilab qolamiz va ushbu nazmiy izhorni tilab qolamiz:
Umri o‘xshasin chinora,
Buyuklikda minora,
Sarhad bilmas kanora
San’atning ummonida
G‘avvos bo‘lsin Anora!