Pedagogning kommunikativ kompetensiyasi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va  ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 234 – sonli qaroriga asosan xo’jalik hisobidan hududiy malaka oshirish institutlari takliflari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda, professor-o’qituvchilarning pedagogik mahorati, kommunikativ kompetentsiyasini, ya’ni nutqiy madaniyatini oshirishga, ta’lim ta’sirchanligining talablarini takomillashtirishga yo’naltirilgan Djumaniyazov Rahimboy Matkarimovichning “Pedagogning kommunikativ kompetentsiyasi” (Kasbiy faoliyatda notiqlik san’atining sir-sinoatlari) mualliflik kursi 36 soatga mo’ljallangan.

«Botanika» sihatgohida

“Qonun kuchli, muhtojlik undan ham kuchli” — deganida nemis faylasufi Gyote insondagi ehtiyojmandlik, o’z manfaatini qondirishga harakat ba’zan uni o’zligidan chiqishiga, jinoyatga qo’l urishiga bois bo’lishi mumkinligiga ishora bor. To’g’ri, bu holat insonning xulq atvoriga. tarbiyasiga bog’liq. U o’z manfaatini jamiyat va xalq manfaatidan ustun qo’ysa jinoyatga moyilligi orta boradi.

“Xamsa” librettosi taqdimoti

Barhayot siymolarning, mangulikka muhrlangan mutafakkirlarning noyob jihati ularning qarashlarida, faoliyatida umumbashariy g’oyalar, umuminsoniy fazilatlarning aks etganigina emas, balki ular haqida san’atning barcha turlarida nimadir aytish mumkin. Aniqrog’i, ular san’atning turli ko’rinishlariga muvofiq kelishlari bilan xarakterlanib turadi. Navoiy hazratlarining o’zi va asarlari haqida hikoya, qissa, romanlardan tortib kino, teatr va videofilьmlar yaratilgan. Bular baribir buyuk iste’dod uchun kamdek tuyulaveradi.