Xotiraga aylanganlar xotirasi. M.Qo’shjonov: Sehrli tori bilan

Ko’ngillar yaqindir, manzillar uzoq, Bugun hayotdirman, ertaga tuproq.

Sog’inib ketaman qalbimda titroq,  Bir inson topmadim sizdan yaqinroq.

Bu she’rning muallifini bilmadim. Bir paytlari yod olgandim. Unda dilga yaqin insonlarni qo’msash hissi ustuvor. Dunyoning o’tkinchiligiga ishora, bugun hayotda bor inson ertaga xotiraga aylanishi mumkinligi haqidagi haqiqat bor unda.

Insonparvarlik omili

O’tganlar ruhini shod etish haqlariga qilinadigan tilovat bilan bo’lsa, yod etish esa ziyorat bilandir. Har ikkalasi ham azaliy urfimiz va milliy qadriyatlarimizdandir. “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida Ikkinchi jahon urushida vafot etgan yoxud bedarak ketganlarni yodlash borasida ular sharafiga o’rnatilgan yodgorlik oldida bosh egish va gulchambarlar qo’yish bir necha yildirki, an’ana…

Shon-u sharaf bayrami

Xotiraning azizligi, qadriyatning muqaddasligi faqat insonparvarlik tamoyillari ustun bo’lgan jamiyatdagina mazmun va mohiyat kasb etadi. Ikkinchi jahon urushidan qaytmagan 435 mingdan ziyod eldoshlarimizning nomlari Xotira maydonida zarhal harflar bilan qayd etilgani va har yili ularni xotirlash bilan bog’liq tantanalarning muntazam ravishda o’tkazib turilishi ham yuqoridagi fikrimizning dalilidir.

Kasbim faxrim bo’lishi uchun

Nimaiki narsa haqida fikr bildirish uchun, albatta, shu haqda tushuncha va bilimga ega bo’lish zarur. Faktlarni aniq bilish va sohaning spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda gapirish bilish bilimdonlikni va ayni paytda nutq madaniyatini chuqur egallashni taqozo etadi. Inson o’z kasbida kamol topishi uchun notiqlik san’atini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. SHundagina u o’z kasbining faxrli va qadrli insonlariga aylanishi mumkin. Xuddi shu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachilik tizimida rahbarlik lavozimlariga zahira kadrlarni tayyorlash guruhi tinglovchilariga murojaat qildik.

«Bo’ston»dan uchib «Guliston»ni quchib

Shunday asralar bo’ladiki, ular olam mazmuni bilan millat ham tanlamaydi, hudud ham bilmaydi. Shubhasizki, asrlar osha taraqqiyparvar insoniyatning ruhiy ehtiyojiga malham bo’lib kelayotgan asarlar haqida so’z ketsa, Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo’ston”i ko’z oldingizga keladi. Undan olam va odam, qalb va qiyofat, aql va jaholat, til va dil mohiyati borasida ibratli xulosalarni olasiz. Yashash qarash va kurashlarning birligidan iborat ekan, uning asarlarini “hayot oynasi” deyish mumkin.

Magistrantga maslahat

Kitob mutolaasi inson fikrining va nutqining o’sishiga, dunyoqarashining yanada kengayishiga omildir.  Badiiy adabiyot mutolaasi ijtimoiy hayotning, ma’naviy ehtiyojimizning uzviy bir qismiga aylangandagina jamiyat ongu shuurida, tafakkur olamida tubdan ijobiy  ijodiy siljishlar bo’lishi muqarrardir. Adabiyotga, ma’naviyatga e’tibor kelajakka e’tibor ekanligini yodda tutishning o’zu kifoya.

Posbon va mas’ul kotib mas’uliyati

Kasblar ham, hunarlar ham ko’p. lekin barchasini umumlashtiradigan bir jihat borki, bu e’tibor va javobgarlikdir. Yurt tinchligi va osoyishtaligining muhim mezoni oila, mahalla va maktab uchbirligi bilan bog’liqligi ayon. Shuning uchun ham oila tinch ekanki, mahalla tinch. Mahalla tinch bo’lsa yurtda, jamiyatda osoyishtalik va tinchlik hukmron bo’lishi tayinligi ayni haqiqat.

Izlab kelganlarni istab

Qadrdon do’stim folklorshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Alijon Bozorov qo’ng’iroq qilib bir payola choyga taklif etdi va kitoblariga muharrirlik qilganim dilkash inson, iste’dodli yozuvchi  Sobirjon akaning tashrif buyurganligini aytdilar. Zum o’tmay “Buxoro” qahvaxonasiga yetib bordim. Dasturxon atrofida Sobir Sayhon, taniqli shoir Shukur Qurbon va Alijonlar meni kutib o’tirishardi. Suhbatimiz adabiyot, san’at va ma’naviyatga bog’lanib ketdi.

Xat mashqiga muhabbat

Bashariyatning bebaho buyuk kashfiyotlaridan biri ma’naviy ehtiyoj sifatida yuzaga kelgan yozuvning ixtiro qilinishidir. Agar u bo’lmaganda o’tmishni bugun bilan, asrlarni asrlarga, davrlarni davrlarga, ajdodlarni avdodlarga bog’lash ham mumkin bo’lmas edi. U moziyning ko’zgusi, madaniyatimiz tarixining ochqichidir. Bu haqiqat o’zligini anglagan, rivoj topgan deyarlik barch xalqlarga ham taalluqlidir. Yozuvlarda xalqqa xos bo’lgan tiynat, donishmandlik va nafosat ham aks etgan bo’ladi.