PREZIDENT XALQ BILAN MULOQOT MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ZARURLIGINI TA‘KIDLADI

Foto: Prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga davlat idoralarining aholi bilan kommunikatsiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar jarayonida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini ham takomillashtirish, Xalq qabulxonalarining imkoniyatlarini kengaytirish, faoliyatiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, jamoatchilik fikrini chuqurroq o‘rganish va qarorlar qabul qilishda uni inobatga olish tobora dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib borayotgani ta’kidlandi.
Aholining kayfiyati, ehtiyoji va orzu-intilishlarini aniq va to‘liq o‘rganishda zamonaviy, professional sotsiologiya va tahliliy usullardan foydalanish zarurligi, bu islohotlar naqadar samarali bo‘layotgani haqida xolis axborot olish va kelgusi istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyot dasturlarini to‘g‘ri ishlab chiqishning muhim omili ekani ko‘rsatib o‘tildi.
(Xabar.uz)