9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

PREZIDENT JIZZAXDAGI SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH MAJMUASIGA BORDI

notiq.uz > Yangiliklar  > PREZIDENT JIZZAXDAGI SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH MAJMUASIGA BORDI

PREZIDENT JIZZAXDAGI SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH MAJMUASIGA BORDI

Prezident Jizzaxdagi savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasiga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida joylashgan “Ko‘k saroy” savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Mamlakatimizda savdo sohasida zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jizzax shahridagi 3,5 gektar maydonda faoliyat yuritayotgan “Ko‘k saroy” majmuasi savdo va maishiy xizmat sohasida viloyatdagi eng yirik ob’yektlardan biridir.

Bu yerda 300 dan ortiq yangi tadbirkorlik sub’yektlari ish boshlagan. Natijada 800 dan ziyod ish o‘rni yaratildi, jumladan, ehtiyojmand toifadagi 100 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.

Majmuada yirik savdo tarmoqlarining filiallari, 10 ta yirik mahalliy va xorijiy brend ishlamoqda, 250 ta savdo do‘koni, fud-kort va bolalar maydonchasi joylashgan. Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi yiliga 223 milliard so‘mni tashkil etmoqda..

E’tiborlisi, majmuada kutubxona va kitob do‘koni ham tashkil etilgan.

Loyihaning ikkinchi bosqichi sifatida 1 mingta savdo shoxobchasini o‘z ichiga olgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan uch qavatli “Ekobozor” qurilishi rejalashtirilgan. Natijada 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Prezidentimiz majmua faoliyati bilan tanishib, tashrif buyurganlar bilan samimiy muloqot qildi. Xizmatlarni kompleks yondashuv asosida yanada rivojlantirish, bunday markazlarni boshqa hududlarda ham ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.