9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

DENOV VA CHIROQCHI TUMANI HOKIMLARI VA ULARNING O’RINBOSARLARI ISHDAN OLINADI

notiq.uz > Yangiliklar  > DENOV VA CHIROQCHI TUMANI HOKIMLARI VA ULARNING O’RINBOSARLARI ISHDAN OLINADI

DENOV VA CHIROQCHI TUMANI HOKIMLARI VA ULARNING O’RINBOSARLARI ISHDAN OLINADI

Denov va Chiroqchi tumani hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ishdan olinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Kun tartibiga mahallalarda aholi daromadini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar va 2026-yildagi vazifalar kiritilgan.

Davlat rahbari bu yo‘nalishda barcha zarur moliyaviy va tashkiliy masalalar hal qilib berilganini ta’kidladi.

Jumladan, pastda ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish, mahallama-mahalla yurib, yangi tashabbuslarni topib, odamlar hayotini yaxshilashga mas’ul bo‘lgan viloyat, tuman hokimlari va ular xodimlarining moddiy va texnik imkoniyatlari tubdan yaxshilandi.

«Endi vazirlar, hokimlar, rahbarlar o‘ziga savol bersin: shuncha yaratilgan sharoitdan, imkoniyatdan qay darajada foydalanyapti? Nima natija qilyapti? Islohotlarimiz natijasi har bir oilaga, har bir xonadonga kirib boryaptimi? Odamlar buni qanday his qilyapti?

Bunday savollar ko‘p. Barcha rahbarlar tayyor tursin. Yil tugayapti, bugun natijalarni tahlil qilib, ayrimlarga nisbatan xulosa qilaman», – dedi Prezidentimiz.

Ta’kdlanishicha, joriy yil boshidan ishsizlik 4,9 foizga tushdi (o‘tgan yili 5,5 foiz bo‘lgan).

Ayniqsa, Buxoro, Kogon, Navoiy, Zarafshon, G‘ozg‘on, Samarqand, Shirin shaharlarida ishsizlik 4 foizdan pasayib, ilk bor «tabiiy ishsizlik» darajasiga yaqinlashdi.

Ehtiyojmand 302 ming oila kambag‘allikdan chiqdi. Yil yakunigacha kambag‘allik darajasi 6 foizgacha kamayishi kutilmoqda (o‘tgan yili 8,9 foiz bo‘lgan).

Sharoiti og‘ir bo‘lgan Xovos, Mirzaobod, Oqoltin, Do‘stlik, Paxtakor, Forish, Bo‘ston, Vobkent, Mirishkor, Mingbuloq, Uzun va Piskentda kambag‘al oilalar soni 4,5 barobargacha kamaydi.

Ilgari qiyin ahvolda bo‘lgan 105 ming oila daromad ko‘rishni boshladi, kambag‘al oilalarning o‘rtacha daromadi yil boshiga nisbatan 2 barobarga oshdi.

Joriy yilda ilk bor 1 ming 435 ta mahalla «kambag‘allikdan xoli» hududga aylandi.

Davlatimiz rahbari Uzun tumanini namunaviy hududlardan biri sifatida qayd etdi. 51 ta mahallasi bo‘lgan tumanga joriy yil kambag‘allikni qisqartirish va bandlik dasturlari doirasida 160 milliard so‘m mablag‘ berilgan.

Tumanga 70 million dollar xorijiy investitsiya olib kelindi, 47 ta korxona ishga tushirildi, 300 ta servis obektida 1 ming nafar odam ishli bo‘ldi, 9 ta mahalla uzumchilikka ixtisoslashtirilib, tadbirkor bilan aholi o‘rtasida kooperatsiya yo‘lga qo‘yildi, 2 mingdan ziyod mikroloyihada 4 ming 200 nafar odam daromadli bo‘ldi.

Shularning hisobiga Uzun tumanida yil boshidan kambag‘allik darajasi 10,5 foizdan 3 foizgacha kamaydi.

Shu bilan birga, Uzun tumaniga nisbatan 4,5 barobar ko‘p mablag‘ olgan Denov tumani hokimligi ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani ko‘rsatib o‘tildi. Kambag‘al oilalar reyestriga kirganidan buyon 1200 ta oila daromadida o‘zgarish bo‘lmagan.

Yoki Chiroqchi tumaniga joriy yil mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditga 309 milliard so‘m resurs berilgan. Lekin tuman hokimligi shuncha resursi bilan ham odamlarga imkoniyatiga yarasha tayyor loyiha bermagan.

Shu bois, Denov tumani hokimi I.Abrorov, uning birinchi o‘rinbosari Sh.To‘raqulov, Chiroqchi tumani hokimi F.Yusupov, uning birinchi o‘rinbosari Z.Ergashev ishdan olinishi belgilandi.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.