9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Hokimlarga joylarda milliy brendlar filialini tashkil etishiga ko‘maklashish topshirildi

notiq.uz > Yangiliklar  > Hokimlarga joylarda milliy brendlar filialini tashkil etishiga ko‘maklashish topshirildi

Hokimlarga joylarda milliy brendlar filialini tashkil etishiga ko‘maklashish topshirildi

Hokimlarga joylarda milliy brendlar filialini tashkil etishiga ko‘maklashish topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda ta’kidlanishicha, sohil va yo‘l bo‘yida servisni rivojlantirish bo‘yicha 500 ta mahalla tanlab olingan.

Viloyat hokimlariga yer maydonlarini belgilab, auksionga chiqarish, ariq va zovurlarni yopiq tizimga o‘tkazib, kanal qirg‘oqlari va yo‘l chetini tekislab, tadbirkorlik loyihalari uchun sharoit yaratish topshirildi.

Tuman banklari bu joylarda kamida 5 ta doimiy ish o‘rni yaratadigan loyihalarga 1 milliard so‘mgacha kredit berishni yo‘lga qo‘yadi.

Kelasi yilda bu loyihalar hisobiga 50 ming odamni doimiy daromadli qilish muhim ekani qayd etildi.

Aholining daromadi oshishi bilan ovqatlanish, turizm, savdo xizmatlariga talab ko‘payib, shu yilning o‘zida 255 ta tun-u kun ishlaydigan ko‘cha ishga tushdi. Ularda 11 ming xizmat ko‘rsatish ob’yektlari ish boshladi, 27 mingga yaqin aholining bandligi ta’minlandi.

Hokimlar kelgusi yilda bunga qo‘shimcha 1 mingta mahallani bog‘laydigan yana 200 ta ko‘chani tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan.

Bir oyda aniq «yo‘l xaritasi»ni tuzib, ishni boshlab yuborgan hokimlarga har bir ko‘cha uchun 4 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishi belgilandi. Buni hisobidan 25 ming yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ovqatlanish, savdo va servis sohasida o‘zining brendini yaratgan korxonalar butun respublika bo‘yicha 100-150 tadan savdo nuqtasini ochib, kamida 3-5 mingta ish o‘rni yaratish tashabbusini bildirgan edi.

Viloyat hokimliklariga milliy brendlarning joylarda filial tashkil etish bo‘yicha loyihalariga ko‘maklashish topshirildi.

Agar brendlar yangi ochiladigan filial uchun xodimlarni o‘zim o‘qitaman, desa, buning xarajati Bandlik jamg‘armasidan qoplab beriladi.

Filialini ko‘paytirish istagidagi brendlar uchun yangi moliyaviy instrumentlar joriy qilinib, 2026 yilda bunga 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.