9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

SANOAT LOYIHALARI ORQALI DOIMIY ISH O’RINLARI KO’PAYTIRILADI -PREZIDENT

notiq.uz > Yangiliklar  > SANOAT LOYIHALARI ORQALI DOIMIY ISH O’RINLARI KO’PAYTIRILADI -PREZIDENT

SANOAT LOYIHALARI ORQALI DOIMIY ISH O’RINLARI KO’PAYTIRILADI -PREZIDENT

Sanoat loyihalari orqali doimiy ish o‘rinlari ko‘paytiriladi – Prezident

Prezident sanoat loyihalari orqali doimiy ish o‘rinlarini ko‘paytirish mumkinligiga ham e’tibor qaratdi.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda hududlardagi korxonalarda 52 milliard dollarlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish reja qilingan.

Mutasaddilar mahalliy sanoat tarmoqlarida 22 milliard dollarlik 3,5 mingta loyihani ishga tushirib, 130 ming doimiy ish o‘rni tashkil qilishi zarurligi qayd etildi.

G‘ijduvon tajribasi asosida hozirda 400 ta mahalla mebelchilik, hunarmandchilik va tikuvchilikka ixtisoslashgan. Tadbirkorlarning joyi kengaytirib berilsa, har biri yana 5-10 kishini ishga olishga tayyor.

Shu munosabat bilan tuman hokimlariga kelasi yilda sanoatga ixtisoslashgan bunday mahallalarda 50 ta «mikrosanoat markazi»ni ishga tushirish, banklar bilan birgalikda kamida 800 milliard so‘mlik 1,5 ming kichik sanoat loyihasini amalga oshirib, 10 ming nafar odamni ishli qilish topshirildi.

Bu markazlarning infratuzilmasi uchun 200 milliard so‘m ajratiladi.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.