9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

OAV: Tramp Maduroni ag‘darish uchun uchta variant tayyorladi

notiq.uz > Yangiliklar  > OAV: Tramp Maduroni ag‘darish uchun uchta variant tayyorladi

OAV: Tramp Maduroni ag‘darish uchun uchta variant tayyorladi

OAV: Tramp Maduroni ag‘darish uchun uchta variant tayyorladi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darish uchun uchta harbiy variantni tayyorladi. deb xabar beradi The Daily Telegraph. Gazetaning ta’kidlashicha, ular Eron va Iroqdagi rejim o‘zgarishi misollariga asoslangan

 Birinchi ssenariy 1989 yilda Panamadagi voqealar atrofida tuzilgan. O‘sha paytda AQSh qo‘shinlari Panama harbiy qo‘mondoni va davlat rahbari Manuel Noriega boshpana so‘ragan Vatikan elchixonasini o‘rab olishgan. U oxir-oqibat taslim bo‘lgan va sud uchun Floridaga olib kelingan. Maqolada ta’kidlanishicha, bu strategiya Venesuela poytaxti Karakas yaqinidagi plyajlarga desant qo‘nishini yoki vertolyotlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Biroq, bu rejaning qiyinligi shundaki, AQShning qurolli bosqin uchun tramplin sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan do‘stona qo‘shni davlatlari yo‘q. 

Ikkinchi variant uzoq masofali qurollardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Mintaqada to‘plangan harbiy kuchlar bu Trampning asosiy rejasi ekanligini ko‘rsatadi. Gazetaning ta’kidlashicha, bu ssenariy uchun eng yaqin tarixiy o‘xshashlik 2011 yilda Liviyaga mamlakat rahbari Muammar Qaddafiyni ag‘darish uchun qilingan hujumlardir. Biroq, Venesuelada «hokimiyatni egallashni kutayotgan» muxolifat yo‘q, deb ta’kidlaydi The Daily Telegraph. 

Uchinchi ssenariy «Josuslarni yuborish» deb nomlanadi. Gazetaning yozishicha, AQSh allaqachon Venesuelaga razvedka agentlarini joylashtirgan. Bunday harakatlar rejasining tarixiy misoli 1956 yilda AQSh va Buyuk Britaniyaning Eron Bosh vaziri Muhammad Mossaddiqqa qarshi operatsiyasi bo‘lishi mumkin. 

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.