Zebiniso Rahimova: TOSHGA JO BO‘LGAN NAFOSAT
Rahimova Zebiniso A’zamjon qizi
OʻzJOKU Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
Har bir soha insondan nafislik, ijodkorlikni talab etadi. Hatto, u tosh bilan ishlasa ham. Davra suhbatimizda aynan toshlardagi bu nafislik, ijodkorlik qay darajada ahamiyat kasb etishi, mashaqqat-u qulayliklari haqida soʻz bordi. Aziz mehmonimiz, haykaltarosh usta, ‘Ijodkorlar uyishmasi’ a’zosi bir necha respublika koʻrik tanlovlari gʻolibi Artur Rajabov bu sohadagi biz bilgan va bilmagan bilimlarini biz bilan oʻrtoqlashdi.
«Ijodkorning oʻzi emas, ishi muhim » , — degan jumlalar bilan soʻzini boshlagan davramiz qahramoni oʻzlarining bir emas, 10 dan ziyod professional tarzda ishlangan san’at asarlarini taqdim etdilar. Aytishlaricha, hatto toshlar ham nafislik talab etarkan va buni oʻzlarining ilk kompozitsiyalari «Ovchi qizning lahzasi’ bilan izohladilar. Bu kompozitsiyaning e’tibor beradigan jihatlari juda koʻp. Avvalo, davrada ‘Nima uchun ovchu qiz?’ , ‘Nega ayol siymosi?’ kabi savollar tugʻildi.
Bunga javoban esa ijodkorimiz : » Men ayollarni eng nozik xilqat vakillaru deb bilaman, shu bilan birga eng jasoratli va matonatli saayman. Ovchilik, toʻgʻri, erkaklarga xos, ammo ayol siymosii tanlanganim ayollarning faqatgina ojiza emas, shijoatli, jasur obrazlarida ham koʻrsatish maqsadimbo‘lgan. E’tibor bering, hattoki ov paytida noziklik tark etmagan (Uning oʻng oyogʻi va ingichka barmoqlari bilan kamon oʻqini ushlagan qismlariga ishora etib) » , — deydi. Haqiqatan ham betakror kompozitsiya.
Undan tashqari Oʻzbekistonda ilk bora ishlangan ‘Xudoybergan Devonov 1-oʻzbek kinooperatorining, Usmon Nosirning, Abdulhamid Choʻlponning byust haykallari; kinomatografiya buyurtmasi asosida ishlangan Xudoybergan Devonov va Soyib Xoʻjayevlarning mahallalari uchun yodgorlik taxtachalari; koʻhna Xorazmning vaziri a’zami Islomxoʻjaning ochilish arafasida turgan muzeyi uchun, Anna German va Raj Kapurning xotirasi uchun ishlangan byust haykallari alohida e’tirofga loyiqdir.
Har bir ishida rasm va eskizlardan shundayligicha koʻchirib yaratish emas, balki oʻzi oʻz qarashlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha detallar qoʻshishi va bu orqali oʻzining fikrlarini koʻrsatishi haykaltaroshlikning eng mashaqqatli va vaqt talab etadigan boshqich ekanligini etirof etadi ijodkorimiz. Oʻzining bu sohaga kirib kelishidan tortib, toki hozirgi kundagi boshdan oʻtkizgan sarguzasht-u muvaffaqiyatli hikoyalari bilan oʻrtoqlashgan haykaltaroshimiz Oʻzbekistonni bu san’at turida ham dunyoga tanitishni oʻz oldiga maqsad qilganini aytadi.
Shunday qilib oʻz dostonini toshlarda bitgan bu soha vakili bilan yana bir narsaga guvoh boʻldik: » Haykaltarosh toshni emas, ichidagi goʻzallikni ozod qiladi «.