9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MUSHTARIY BOTIROVA: QALB KO‘ZI

notiq.uz > Yangiliklar  > MUSHTARIY BOTIROVA: QALB KO‘ZI

MUSHTARIY BOTIROVA: QALB KO‘ZI

Ertalab soat 8 lar atrofi…

Men har kuni ertalab jamoat transportlari orqali universitet tomon yol olaman. Erta tongdan shaharda odamlar gavjum. Kimdur ishga, kimdur oqishga yol olgan. Kun boyi yuzlab odamlarga duch kelaman.Shunday kunlarning birida bir holat meni diqqatimni tortdi.Chilonzor yolidan, Yunusobod yoliga otish uchun metrodan tushar ekanman, qaddi bukilgan, soch-soqollari oqargan, qolida hassa ushlab turgan bir qariyaga nogoh kozim tushdi va beixtiyor kuzatdim. Shunda bir qiz yani metropoliten xodimasi shu qariyaga yoldan otishga yordamlashayotgan edi.U qizni uzundan uzun duo qilar, kulib, samimiy suhbat qilib ketayotgan bir paytda nogoh bir gap meni qulogimga chalindi. “Otaxon siz hamma narsani bilar ekansiz-ku” deb jilmayib qoydi. Bu gap meni ajablantirdi va diqqat bilan kuzatim shunda bir narsani angladimki u insonning ko'zi ojiz ekan. Shunday bolishiga qaramay, qayerda nima borligini, qaysi tarafga burilish kerakligini va hozir qaysi yo’ldan ketayotganini juda yaxshi bilar edi. Vaholanki bu insonning ko’zi ojiz bo’lsada, yuzidan nur taralib turar edi va ana qalb kozi nuri bilan butun borliqli ko'ra olar, xis qilar edi. To'g'ri bu ko'pchilik uchun oddiy holat bo'lib ko'rinishi mumkin. Men oqiydigan universitetda ham shunday qosh-kozlari chiroyli, zukko, ilmli va istedodli talabalar bor. Xech qachon yaratgan tomonidan berilgan bu sinovga nolishmaydi, muhitdan uzilib ozlarini olib qochishmaydi. Aksincha ular ijodda ham, ilimda ham oz istedodlarini namoyish etib, tendoshlariga namuna bola olishadi. Har qanday holatda ham o'zimiz uchun yaxshi tarafini olib, xulosa va shukur qilishni o'rganishimiz kerak. Oramizda shunday insonlar bor-ki ko'zi ko'rib tursada tort muchasi sogbola turib ammo, qalb ko’zi ko’rmaydigan, shukur qilmaydiganlar..!
Xulosa o`zingizdan…

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.