“O‘zsuvta’minot” tizimida malaka oshirish o‘quv kurslari tugallandi

️ Bugungi kunda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda axborot xizmatlarining roli tobora ortib bormoqda. Shu maqsadda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati tizimida ham axborot siyosatini zamonaviy yondashuv asosida yuritish, xodimlarning malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash yo‘lida navbatdagi amaliy qadam tashlandi.
Kecha Toshkent shahrida “O‘zsuvta’minot” AJ tizimiga kiruvchi hududiy suv ta’minoti korxonalari axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun uch kunlik o‘quv kurslari boshlandi. Mazkur o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda o‘quv seminar tashkil etildi. Unda Universitetning
O‘quv kursining asosiy yo‘nalishlari:
- Axborot xizmati faoliyati samaradorligini oshirishda faktcheking va tahliliy yondashuvlarning ahamiyati;
- Tashkilot imijini shakllantirishda axborot xizmati rahbarining o‘rni;
- Milliy media kontent yaratish, blogerlar va jamoatchilik bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- Ommaviy nutq madaniyati, kamera bilan ishlash ko‘nikmalari va zamonaviy media tendensiyalar;
- Axborot xizmatlari faoliyatida ochiq ma’lumotlar bilan ishlash va ularni tizimlashtirish.
Uch kun davom etgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida sohaga oid yetakchi ekspert va media mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Jumladan, universitetimizning matbuot kotibi, professor Rahimboy Jumaniyozov ham unda ishtirok etdi. U «Axborot xizmatlari faoliyatida og‘zaki va yozma nutq asoslari: kamera bilan ishlashda zamonaviy tendensiyalar» mavzusida amaliy-nazariy mashg‘ulot olib bordi.
Eslatib o‘tamiz, o‘quv kursida jami 31 nafar ishtirokchi qatnashdi. Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
«Gumanitar fanlar» kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
Universitet matbuot xizmati
