9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MA’RIFAT UILASIB LOYIHASI

notiq.uz > Yangiliklar  > MA’RIFAT UILASIB LOYIHASI

MA’RIFAT UILASIB LOYIHASI

  «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom etmoqda. Ushbu loyiha asosida joriy yilning 10-oktyabr kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi, taniqli adib Erkin Azamning M.Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi hamda o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

  Uchrashuv davomida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Azam o‘quvchilarga o‘z ijodi, hayot tajribasi va asarlarida ko‘tarilgan ma’naviy qadriyatlar haqida so‘zlab berdi. Uning samimiy mulohazalari, hayotiy maslahatlari va ruhlantiruvchi tavsiyalari yoshlarda ijodga, kitob o‘qishga va ma’naviy rivojlanishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. 

  Bunday uchrashuvlar maktab yoshidagi bolalarda milliy adabiyotga muhabbat uyg‘otish, ularning dunyoqarashini boyitish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.