9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MILLIY LIBOSIM XON ATLAS

notiq.uz > Yangiliklar  > MILLIY LIBOSIM XON ATLAS

MILLIY LIBOSIM XON ATLAS

Joriy yilning 20-sentyabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandovalar boshchiligida “Xon atlas” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. 

  Xon atlas–o‘zbek xalqining noyob milliy matosi bo‘lib, asrlar davomida qadrlanib kelingan. U o‘zining yorqin ranglari, o‘ziga xos naqshlari bilan nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham mashhur. Uning har bir naqshi, rang uyg‘unligi xalqimizning dunyoqarashi va ma’naviy merosidan dalolat beradi.

  Qizlarimizdagi hayo, ibo atlas bilan o‘zaro uyg‘unlashib, ta’rifga so‘z ojiz manzara hosil qiladi. Bu bejiz emas. Undagi yorqin ranglar, jilvakor naqshlar ona – tabiatimizdan nusxa olib yaratilgan.

«Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va fakultet tyutori D.Xursandovalar axboroti

Universitet axborot xizmati

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.