G‘OLIBLARNI MUNOSIB TAQDIRLASH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Besh muhim tashabbus”ning ikkinchi yo‘nalishi —“Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish” maqsadida, Gidrotexnika qurilishi fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Mini-futbol” bo‘yicha “Men ham chempion bo‘laman…!” shiori ostida o‘tkazilgan “Dekan kubogi – 2025” musobaqasida faxrli o‘rinlarni egallagan quyidagi 114-guruh jamoasi III-o‘rinni, 102-guruh jamoasi II -o‘rinni va 201-guruh jamoasi I -o‘rinni egallagani uchun ularga 1, 2 va 3 darajali diplomlar hamda I -o‘rinni egallagani jamoa “Dekan kubogi”ni qo‘lga kiritishdi. Musobaqa ishtirokchilarga “Faxriy yorliq”lar hamda “Eng yaxshi darbozabon”, “Eng yaxshi himoyachi” va “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalari bo‘yicha talaba-yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Universitet matbuot xizmati
