GIDROLOGIYA MUTAXASSISLIGI 1-BOSQICH MAGISTRANTLARI XALQARO KONFERENSIYADA

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2025 yil 16–17 sentyabr kunlari “Iqlim o‘zgarishi sharoitida tog‘ muzliklarini monitoring qilishning innovatsion usullari va glyatsiologiyani rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro konferensiyada Universitetimizning “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti S. Qodirov va kafedra magistrlari ishtirok etdilar.
Ushbu tashabbus muzliklarni asrash va ularning ahamiyati haqida jahon hamjamiyatini xabardor qilish, muzliklarning iqlim o‘zgarishi sharoitida jadal erishi bilan bog‘liq muammolarni hal etishga qaratilgan.
Shuningdek, tadbirda dunyo va mintaqaning sohaga aloqador yetakchi olimlari o‘z ma’ruzalari va amaliy takliflari bilan qatnashadilar.
Universitet matbuot xizmati
