9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

   MARAZNING ARAZI VA G‘ARAZI

notiq.uz > Yangiliklar  >    MARAZNING ARAZI VA G‘ARAZI

   MARAZNING ARAZI VA G‘ARAZI

Tarixchilarning ham xuddi Gippokratga o‘xshab qasamyodi bo‘ladi, aslida. Bu haqning va xalqning oldida voqelikni ro‘yi rost bo‘yab bejamasdan haqiqatni aytish, yozib qoldirish. Yolg‘on va bo‘htondan so‘z ochish imonning sustligi yoxud imonsizlikning aynan o‘zidir.

    Rossiya televideniesining NTV kanali orqali  chiqish qilgan MIXAIL SLOMIN degan tarixchining asossiz uydirmalari ana shu fikrning isbotidir, desak xato bo‘lmaydi.

U Markaziy Osiyo  xalqlarining tarixini ham biladi, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarbayjon   xalqlarining ham uzoq tarixidan boxabar, ularning xalq, millat sifatidagi o‘rnini, madaniyatini, etnik qatlamini ham yaxshi biladi, ichdan tan oladi ham. Lekin uning paytavasiga qurt tushirgan, g‘azablantirgan, ichini kuydirgan narsa — turkiy tilli tashkilotlarning birligi, ular orasidagi do‘stona munosabat va tinchlikning hukmronligidir. Nega ular orasida ichki va tashqi nizolar yo‘q, nega urush va janjallar bo‘lmayapti deya oraga nifoq solish, ichdan kuyunish va g‘arazgo‘ylikdan boshqa narsa yo‘q uning chirkin qalbida. U o‘zbek va boshqa qardosh xalqlarimizning tarixi, etnik va leksik qatlami haqida tadqiqotlar olib borgan, monografiyalar yozgan Bartold. Borovkov, Baskakov, Polivanov, Tolstov, Bertels kabi rus olimlarining ishlarini ham yaxshi biladi. Lekin ichki bir g‘araz ko‘rolmaslik, hasadgo‘ylik uni qiynayotgani rost. G‘araz bilan araz nikohlansa, ulardan tug‘iladigan farzand maraz bo‘ladi. Slominning xatti — harakati shuni yodga soladi. Bu faqat Slominning harakati emas, nazarimizda, buning orqasida qandaydir g‘araz niyatli kuchlar borligiga shubha yo‘q. U shunchaki topshirilgan missiyani bajarayotgan «to‘tiqush» misoli bo‘lsa ham ajab emas.

Prezidentimizning Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqida e’tirof etgan «Tarixdan ma’lum: Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar»i borasidagi mulohazalari nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini ko‘rib turibmiz. Bunday holatlar turkiy xalqlar orasiga rahna solishi mumkinligini yodda tutgan holda ogohlik va sergaklik bilan oqilona ish tutishimiz zarur.

Jaydari til bilan aytganda, «Ko‘zingga qarab ish tut, keting bilan fol ochma, buzg‘unchi Slomin» — deyishdan boshqa gapimiz yo‘q.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.