9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Xorij kompaniyasi O‘zbekistonda quvvati 2 ming MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini quradi

notiq.uz > Yangiliklar  > Xorij kompaniyasi O‘zbekistonda quvvati 2 ming MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini quradi

Xorij kompaniyasi O‘zbekistonda quvvati 2 ming MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini quradi

Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP-29 anjumani doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi o‘rtasida Respublika bo‘ylab umumiy quvvati 2000 MVt⋅soat bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.Loyiha doirasida Respublika bo‘ylab yagona energetika tizimida o‘rganishlar o‘tkaziladi va o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda hududlar tanlanib, elektr energiyasini saqlash tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.Dastlabki baholashlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 1,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.Loyiha qurilishi davrida 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.