9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

        YASHIL MAKON -YANGI IMKON

notiq.uz > Yangiliklar  >         YASHIL MAKON -YANGI IMKON

        YASHIL MAKON -YANGI IMKON

       
Tabiatning goʻzalligi jonu tanning chiroyi kabi mohiyatlidir. Shuning uchun ham tabiatni tanaga, jamiyatni jonga qiyos qilinishi bejiz emas. Tabiatning gullab yashnashi kislorodning koʻpayishiga bogʻliq boʻlarkan, nihol ekish, koʻchat oʻtqazishning ham bu borada hikmati katta.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi ham bu jarayonga oʻzini masʼul deb biladi. Dastavval, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida keyin esa Universitetimizning Oʻrta Chirchiq tumanidagi Oʻquv tajriba xoʻjaligida “Yashil makon” loyihasi boʻyicha oʻz faoliyatini boshlab yuborishdi.
Maʼlumki, aholining hayot sifatining uzviy bir qismi salomatlik, umr koʻrish davomiyligi, atrof-muhit ekologik sharoitlarni, axloqiy-psixologik iqlim, maʼnaviyatni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda aholi hayoti sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jumlasida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi “2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”, 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturlarida atrof muhit obyektlarini (havo, suv, yer, tuproq, yer qaʼri, bioxilma-xillik, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar) inson taʼsiri hamda boshqa salbiy taʼsir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini taʼminlash hamda sanoat ishlab chiqarishi, urbanizatsiya koʻlami keskin kengayishi va aholi punktlariga tushayotgan ekologik yukni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Universitetimizning bir guruh professor oʻqituvchilari va talabalardan iborat jamoa birgalikda yerga koʻchat qadash, suv quyish va yerni yumshatish bilan bogʻliq ishlarni ayricha zavq bilan amalga oshirayotganlaridan mamnun. “Yashil makon” loyihasi bugunimiz va ertamizga daxldor masala ekanini his etish yurt qismati, fuqarolik burchini teran idrok etishdir.
Universitet matbuot xizmati

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.