9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

02. TAFAKKUR TOMCHILARI — Do‘stlik va do‘st tushunchalari Abdulla Oripov talqinida

notiq.uz > ТАФАККУР ТОМЧИЛАРИ  > 02. TAFAKKUR TOMCHILARI — Do‘stlik va do‘st tushunchalari Abdulla Oripov talqinida

02. TAFAKKUR TOMCHILARI — Do‘stlik va do‘st tushunchalari Abdulla Oripov talqinida

? TAFAKKUR TOMCHILARI — Do‘stlik va do‘st tushunchalari Abdulla Oripov talqinida

Abdulla Oripovning adabiy qarashlarida do‘st va do‘stlik tushunchalarining qirralari haqida.


Olamga tayanch, odamga quvonch baxsh etadigan umrboqiy, qadrulabad tuygʼular va mavzular bor. Bularning vasfi va taʼrifi adiblar nazaridan chetda qolishi mumkin emas. Аna shulardan biri ahillik va ham jihatlik mohiyatini ifoda etuvchi doʼstlik mavzuidir. Qadimiy qoʼlyozma manbalarni titkilab oʼtirarkanman, shu xususdagi ushbu bitikka koʼzim tushdi. Doʼstlik ikki badandagi bir jondir. Buning maʼnosi shuki, doʼstining holu ahvoli va ehtiyojidan xabar olib turish farz demakdir. Rivoyat Tun yarmida eshik taqilladi. Borib ochsa tashqarida oʼzining doʼsti yuzlari oqarib ketgan, behol kayfiyatda turibdi. Doʼstim tinchlikmi, bemahal seni nima bezovta qildi. Meni maʼzur tut, doʼstim, bir odamdan 100 soʼm qarzim bor edi, shuni ber deb qictalang qildi. Erta subhidamda keladi shuni berishim zarur. Shuni ilojini qilaolsang 100 soʼm berib tursang degandim. Doʼstini ichkariga taklifini rad etgancha uning koʼzlariga iltijoli boqib turardi. Buni eshitgan zahoti, maʼyus boʼlgancha ichkariga kirib ketdi va unga aytgan pulini opchiqib berdi. U minnatdorlik bildirib pulni olgach, asta xayrlashdi. Doʼsti ichkariga kirib yostiqni koʼzlariga bosgancha ovoz chiqarmasdan oʼkinib yigʼladi. Bu holatni koʼrgan ayoli soʼz qotdi. Pulim yoʼq edi hammasini ishlatib qoʼyibman, deb aldab yuborsangiz boʼlardiku, ichkariga kirib yigʼlashingiz nimasi endi. Ey nodon xotin yigʼlashimning boisi undan emas. Pulim 100 soʼmga zor boʼlib qolganiga qadar, uning yoniga borib doʼstim nimaga ehtiyojing bor deb shu holga tushganiga qadar undan xabar olmaganimga, noshudligimga yigʼlayapman. Аbdulla Oripov doʼstlik tuygʼusini tarannum etuvchi qator sheʼrlar yaratgan. Bu mavzuga u ayricha mazmun yuklagan. Аyrimlariga murojaat qilish va mutolaa etish maroqli. Har qalay qoʼlimda sharbat toʼla jom Gar mahzun boʼlsada qalbimda ilhom Endi bir samimiy doʼst ham topsaydim Baxtli sanar edim oʼzni batamom.



No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.