01. TAFAKKUR TOMCHILARI — Abdulla Oripov haqida
? TAFAKKUR TOMCHILARI — Abdulla Oripov haqida
Shoirning falsafiy qarashlari haqida mulohazalar bunda. O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi matning muallifi Abdulla Oripov ijodini, chop etilgan va chop etilmagan asarlarini targ‘ib va tashviq etish vazifasi aynan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jamoasi zimmasiga yuklangani ham bejiz emas. Abdulla Oripov hayotlik paytida oliy ta’lim muassasalari ichida institutimizga tez-tez tashrif buyurib ijodiy muloqotlar uyushtirgani ham rost. Ayni paytda uning ijodiga egatlarga suv tarab yuradigan mirob-irrigatorning ta’siri bo‘lgani, shoir keyinchalik, uni ustoz deb bilgani nimaniki bilsang, his etsang, ko‘rgan bo‘lsang shu haqda haqiqatni yoz, — degan fikrni aynan shu irrigator-mirob o‘rgatganligini eslatgandi. Adabiyot, hayot, taraqqiyot, ijodiyot buyuk xalqimizning, suyuk adiblari qalbiga va qadriga mezon bo‘lgani chin.