9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

DAVLATIMIZ RAHBARI ERON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

notiq.uz > Yangiliklar  > DAVLATIMIZ RAHBARI ERON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

DAVLATIMIZ RAHBARI ERON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

Muloqotlar muammolarning yechimi uchun ochqichdir. Har bir davr davlatlar oldiga turli muammolarni qo’yadiki, buni oqilona va xolisona harakat bilan hal etish mumkin. Davlatlarning rahbarlari bu masalaga jiddiy yondashib o’z xalqining manfaatlari nuqtai nazaridan masalani har ikkala tomonga maqbul tarzda hal etishga intilishlari tabiiy hol. Vaholanki, prezidentlarning o’zaro muloqotlaridan ko’zlangan maqsadlari ham shu.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak Ramazon oyi munosabati bilan samimiy qutlovlar almashib, bir-birlari va do‘st xalqlarimizga koronavirusning global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq bugungi murakkab davrda sihat-salomatlik va farovonlik tiladilar.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar pandemiyaning savdo amaliyotlari, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari, eksport-import yuklarining tranzit tashuvlari uchun salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarga videoanjumanlar o‘tkazib borishni davom ettirishni topshirdilar.

Shuningdek, koronavirusga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va yaqindan hamkorlik qilishga, jumladan, ushbu xavfli kasallikni profilaktika qilish va davolash borasida, aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi galdagi choralar bo‘yicha axborot va tajriba almashishga kelishib olindi.

Muloqot chog‘ida xalqaro hamkorlikka oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Manba: https://prezident.uz/uz/lists/view/3546 asosida tayyorlandi

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.