9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

TELEFON ORQALI MULOQOT

notiq.uz > Yangiliklar  > TELEFON ORQALI MULOQOT

TELEFON ORQALI MULOQOT

“Yaqindagi jon qo’shning turganda uzoqdagi qarindoshdan ne foyda”. Atoqli shoir Maxtumquli yondosh insonning qon-qarindoshdan ham, muhimligi borasida so‘z ochgani haq. Chunki issiq sovug‘ingizdan ham birinchi bo‘lib xabar topadigan yon qo‘shni jon qo‘shni bo‘ladi. Shunday ekan, ular bilan bordi-keldi munosabatlari xolislik va odillik zamiriga qurilsa, har tomonlama o‘zaro manfaatli siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar istiqbolga keng yo’llar ochadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlarining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatlarimizda ushbu xavfli kasallik tarqalishining, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy oqibatlarini kamaytirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi. Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida qabul qilingan qarorlarga muvofiq sog‘liqni saqlash va transport vazirliklari rahbarlarining tashkil etilgan ko‘p tomonlama maslahatlashuvlari natijalari yuksak baholandi.

Prezidentlar O‘zbekistonda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqdilar. Muloqot yakunida o‘zaro tovar ayirboshlashning yuqori sur’atini saqlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, ustuvor investitsiya va infratuzilma, shu jumladan mintaqaviy ahamiyatdagi loyihalarni ilgari surishga qaratilgan birgalikdagi ishlarni faol davom ettirishga kelishib olindi. Suhbat chog‘ida qator xalqaro masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Chingiz Aytmatov qirg‘iz farzandi sifatida o‘z xalqiga qay darajada mehrli bo‘lgan bo‘lsa, o‘zbek xalqiga ham shu darajada oqibatli adib edilar. Har ikkala xalqning do‘stlik timsoliga aylangan bu adibning qardoshlik rishtalarini bog‘lashga chorlovlari o‘z mohiyatini yo‘qotmaydi. Prezidentimizning Qirg’iz Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti kelajakdagi munosabatlarning samimiy va do‘stona tarzda davom etishiga asos bo‘lishiga shubha yo‘q.

Manba: https://president.uz/oz/lists/view/3540 asosida tayyorlandi

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.