9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

SUVLAR TOSHQIN — HAYOT JO‘SHQIN

notiq.uz > Yangiliklar  > SUVLAR TOSHQIN — HAYOT JO‘SHQIN

SUVLAR TOSHQIN — HAYOT JO‘SHQIN

Sinovlarga sabr qilish, mashaqqatga bardoshli bo‘lish, qiyinchiliklarni yenga olish xalqimiz uchun sinashta holat. U buning uddasidan ham chiqa oladigan metin irodaga ega. Davlat rahbari ko‘rsatmalari va g‘oyalari atrofida jipslashgan holda qanchadan — qancha bunyodkorliklarga qobilligi sir emas. Suv toshqini jilovlandi, undan aziyat chekkanlarga ma’naviy – moddiy yordam, beg‘araz ko‘maklar berila boshlandi.

Davlatimiz rahbari kecha suv toshqiniga duch kelgan qishloqlarda bo‘lib, hududni tozalash, infratuzilma ob’ektlarini tiklash, aholi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Suv xo‘jaligi vazirliklari, huquq-tartibot idoralari, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari natijasida bu yo‘nalishda jadal ishlar olib borilmoqda. Toshqin tufayli hosil bo‘lgan chiqindilar yig‘ishtirilib, hudud dezinfeksiya qilinmoqda. O‘t o‘chirish mashinalari yordamida ko‘lmaklardagi suv tortib olinmoqda. Yo‘llar ochilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tiklanmoqda. Natijada bugun ayrim mahallalarda oilalar o‘z uylariga qayta boshladi. Boshqa joylarda tozalash-ta’mirlash ishlari tezkor sur’atlarda davom etmoqda. Yaqin vaqtlarda ularda ham zarur sharoitlar yaratilib, hayot yana o‘z iziga tushadi.

Prezidentimiz Sardoba tumanidagi Qo‘rg‘ontepa mahallasini borib ko‘rdi. Hukumat komissiyasi mutasaddilari amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi. Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida 530 ta xonadon bo‘lib, 4200 nafar aholi istiqomat qiladi. Hudud suv toshqiniga birinchi bo‘lib duch kelgan, odamlar tezkor ravishda xavfsiz joylarga ko‘chirilgan edi. Katta kuch va texnika vositalari, askarlar, xodimlar jalb qilinib, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilyapti, odamlar o‘z uylariga qayta boshladi. Davlatimiz rahbari shunday uylardan biriga kirib, xonadon egalaridan hol-ahvol so‘radi. Barcha qatori ularga ham moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilishi, hech kim e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda qolmasligini yana bir bor ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev qadrdon makoniga qaytgan mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘ldi. Mahalla aholisining xursandchiligi cheksiz. Ular o‘z makonlariga qaytishar ekan, Prezidentning otalarcha, akalarcha g‘amxo‘rligidan ko‘zlariga yosh olganlari ham bo‘ldi. Chunki ular erta-indin yana jo‘shqin hayot qo‘yniga sho‘ng‘ishini bilishadi.

Manba: https://president.uz/oz/lists/view/3538 asosida tayyorlandi

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.