9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

SAXOVATPESHALAR SARDOBA SARI SAFARBARLIKDA

notiq.uz > Yangiliklar  > SAXOVATPESHALAR SARDOBA SARI SAFARBARLIKDA

SAXOVATPESHALAR SARDOBA SARI SAFARBARLIKDA

O‘zaro yordam, muruvvat, yiqilganni suyash, beminnat va beg‘araz ko‘mak berish singari qadrulabad fazilatlar xalqimizning jon tomiri va qon tomiriga singishib ketgan. Hayotning og‘ir sinovlarida zilzila, suv toshqinlari singari tabiiy ofatlarni, ikkinchi jahon urushi iztiroblarini boshdan kechirgan mardonavor turib bergan fidoyi, bag‘rikeng va mehridaryo xalqning farzandlarimiz biz. Bir oyog‘imiz lat esa, ikkinchisi ham, bir ko‘zimiz yosharsa ikkinchi ko‘zimiz ham yoshlanadigan jon-u tani bir bo‘lgan xalqmiz biz.

Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv toshishi natijasida Sardoba tumani aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingani haqidagi xabar qondosh-qarindoshlik tuyg‘usini his etgan har bir vatandoshimizni chuqur qayg‘u va tashvishga soldi. O‘zaro yordam qo‘lini cho‘zish, imkoni boricha ko‘maklashishga ham qo‘li, ham dili, ham tili bilan bel bog‘lagan saxovatpesha eldoshlarimiz Sardoba sari safarbarlikka jazm etishdi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash  muhandislari instituti jamoasi ham bu harakatdan chetda turgani yo‘q. SHunday davrda bir birimizni qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoiti vaqtinchalik og‘irlashgan Sidaryoliklarga ko‘maklashish, o‘zaro yordam berish, hamjihatlik muqaddas dinimiz tomonidan bizga berilgan oliy ne’mat, majburiyat hisoblanadi, deyishadi institutning asosiy darvozasi oldida sovg‘a salom, kiyim kechaklar bilan  to‘plangan professor o‘qituvchilar. Ular  o‘zaro yordam, hamjihatlik xalqimizni og‘irini engil qiladigan eng samarali, ezgu ish mehr, saxovat oyi hisoblangan mohi Ramazonda qilingan yordam savobi ekanini bir-biriga qayta-qayta uqtirishardi.

Yordamga muhtoj Sirdaryoliklarni qo‘llab-quvvatlash imkoniga ega, mard, saxovatpesha hamkasblar yuz-u ko‘zlarida achinish va ishonch tuyg‘usi uyg‘un, savob ishga shoshilib boshqalarni ham ana shu xayrli harakatga chorlashmoqda.

2020 yil 3 may kuni ertalabdanoq, institut hududiga kirish joyida yashash uchun tuhfa etilayotgan choyshablar, to‘shaklar, ayollar, erkaklar, yosh bolalar kiyimlari, poyafzallar, xo‘jalik vositalari, bolalar o‘yinchoqlari oziq-ovqat mahsulotlari jamlangan “Mehr-saxovatli” yuk mashinasi Sirdaryo viloyatiga jo‘nashga shay bo‘ldi.

Muhimi, ular gigienik talablarga to‘la javob beradigan tarzda tayyorlandi.

Arablar Sayhun, yunonlar YAksart deb atagan Sirdaryo sokinligi bilan, Jayhun esa mavjkorligi bilan tarixga muhrlangan. Sirdaryoliklar ana shu daryo suvidan siridan bahravar bo‘lgan kuchli, irodali, orqaga tisarilmas mard insonlardir. CHunki, ular orqasida suyanadigan, hamqadam bo‘lib bir safda turib keskin chora — tadbirlar ko‘rayotgan YUrtboshimiz va saxovatpesha yurtdoshlarimiz bor.

Sardoba sari safarimiz zafarimizga aylanishi muqarrardir.

 

TIQXMMI Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.