9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

“Xalq vijdoni”

notiq.uz > TOMOSHA VA TOMOSHABIN  > “Xalq vijdoni”

“Xalq vijdoni”

“Xalq vijdoni”  O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali orqali muntazam ravishda shu nomda efirga uzatib kelinayotgan tok shoulardan biri. Har gal muayyan mavzu yuzasidan mas’ul va mutasaddi shaxslar va tomoshabinlar jamoasi ishtirok etadi. Ko‘p yillar mobaynida jurnalistikaning qozonida pishib kelayotgan, tajribali jurnalist SHavkatjon ko‘rsatuvning dinamikasini belgilashda o‘rni beqiyos. Boshlovchiga yordam beradi, bir chekkada o‘tirib ishtirokchilarning o‘z fikrlarini emin erkin ayta olishlari uchun dalda bo‘ladi. Oldin radioda boshlovchilik qilgan iste’dodli jurnalist Gulnoraxon ko‘rsatuvning boshlanishida biroz hayajonlanib oladi. Keyin esa hammasi iziga tusha boshlaydi. Televidenieda boshlovchilik biroz murakkabligini e’tirof etadi. Radioda esa osuda studiya, mikrofon va ovoz operatori. Hech kim xalaqit qilmaydi. Bemalol o‘z fikrlaringizni bayon etib boraverasiz. Televidenieda ko‘rsatuv qatnashchilarining nigohi va ularni mavzuga boshlash, olib kirish, mavzu bilan bog‘lash mashaqqati borasida ba’zan tajribali teleboshlovchilar ham dovdirab qolishadi. CHiroq, videokamera, mikrofon, tomoshabinlar bilan hisoblashishingiz kerak. Aks holda, ko‘rsatuvning sifati va mazmuniga putur etadi.

Tok shouning galdagi sonlaridan birida men ham ishtirok etdim. Mavzu yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha edi. Unda yo‘l harakati xavfsizligining mutasaddi xodimlari, advokatlar, mahalla faollari hoziru nozir edi. Yo‘l qoidasi umr foydasi ekanligini bilamiz, negadir yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishda yo‘lovchi ham, haydovchi ham muammolarga sabab bo‘laveradi. Ishtirokchilar o‘z bilim saviyasi, fikrlash tarzi nuqtai nazaridan mavzuga munosabat bildirish uchun mikrofon talashish boshlanadi. Shavkatjon ham tomoshabinlar orasida o‘tirib, o‘choqqa o‘t qalayotgan go‘lox singari tinmasdan qarama qarshi fikrlarni o‘rtaga tashlaydi. SHu yo‘sinda ko‘rsatuvning sur’ati, dinamikasi va ritmiga e’tiborini jalb etadi. YOshi, kasbi nuqtai nazaridan har xil bo‘lgan ko‘rsatuv ishtirokchilari uloqni talashgan chavandozlar singari menga bering, menda fikr bor qabilida ish tutishardi. Albatta, uloq olganlar emas, quloq solganlar ham ma’naviyatli, mulohazakordir. Mavzu tarqoqligini oldini olish va keng jamoatchilik fikrini bir nuqtaga qaratish, tavsiya va maslahatlar, yo‘l harakati xavfsizligi borasidagi yutuq va kamchiliklar barchasi ko‘rsatuvda o‘rtaga tashlandi.

Ijodkorlarga omad, dolzarb mavzularda ko‘rsatuv tayyorlashdan aslo charchashmasin.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.