9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Sarmoya

Sarmoya

Yаngi loyihalar xalq xo‘jaligining deyarlik barcha jabhalarida, barcha sohalarda, jumladan madaniyat, adabiyot va san’atda ham, OAVda ham katta mohiyat kasb etadi. Agar u istiqbolli rejalarga, xalq hayotiga, bunyodkorlik ishlariga esh bo‘lgan taqdirdagina ahamiyat kasb etishini unutmaslik kerak. Dolzarb muammolarni ilgari surish, uning echimini soha mutasaddilari hukmiga havola etish asnosida tomoshabin e’tiborini jalb etishga qaratilgan qator ko‘rsatuvlari bilan “Mahalla” telekanali ijodkorlari ancha faol. Ana shunday ruh va mazmunda tashkil etilgan yangi loyiha “Sarmoya” deb atalibdi. Uning tashabbuskori, muallifi taniqli jurnalist Ro‘ziboy Qo‘ldoshevdir. U bizni kasbdoshlarimiz Davlatbek Mamatqulov, Matluba Mamadalievalar bilan ko‘rsatuvga taklif etdi. Boshimiz ko‘kka etdi, uni yangi loyiha bilan, istiqbolli reja bilan tabrikladik va umrini bersin, deb qo‘ydik. Ushbu tok-shou tarzida bo‘lib, nomidan ham ma’lumki, iqtisodiy muammolarga qaratigan. Inson pul, jamg‘armaga ega bo‘lishi, undan qanday foydalanishi har bir makonda, har bir zamonda o‘ziga xos tarzda kechgani ham rost. Undan oqilona foydalana olish huquqiy me’yorlarni bilish, amaldagi qonunlarga so‘zsiz itoat etish bilan izohlanadi. SHuning uchun ham ko‘rsatuvga yuristlar, iqtisodchilar, moliya va bank tizimida faoliyat yurituvchilar, yosh tadbirkorlar taklif etilgandi. Ko‘rsatuvda qadrdon do‘stim, o‘z fanining bilimdoni, yuridika sohasining e’tiborli darg‘alaridan biri, jonkuyar olim, yuridika fanlari nomzodi, dotsent Boboqul Toshevni uchratganimdan xursand bo‘libgina qolmay, balki ko‘rsatuv ancha salmoqdor va mazmunli o‘tishiga ham iqror bo‘ldim. Ayni paytda ko‘p yillar mobaynida O‘zbekiston paxta sanoatida ishlab nafaqaga chiqqan, mulohazakor, tadbirkor, shahrixonlik nuroniy inson Abdusalom hoji aka bilan yaqindan tanishuvimiz ham e’tiborga molik bo‘ldi. Adabiyot va san’atni sevadigan bu inson kamina bilan ko‘pdan ko‘rishish orzusida bo‘lganliklarini aytib, bizni bir piyola choyga taklif etdi. Ular bilan suhbatimiz ham ancha mazmunli kechdi. So‘ng ko‘rsatuvni yozib olish vaqti yaqinlashganidan so‘ng studiya tomonga yo‘naldik.

Endi ko‘rsatuv mavzuiga qaytsak. Bankdan kredit olish, biznes planni amalga oshirishga intilish va olingan kreditdan o‘rinli foydalana olish ish bandligi masalasiga ham bevosita daxldordir. Xuddi shu ma’noda, Markaziy bank, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professionali ishtirokchilari uyushmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Diplom bilan biznesga” loyihasi mamlakatimizdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, ish bilan ta’minlash masalasiga qaratilgan.  Mazkur loyiha doirasida ko‘pgina joylarda tashkil etilgan o‘quv-seminarda tajribali mutaxassislar yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan batafsil tanishtirilmoqda. Biznes reja tuzish, uni amalga oshirish, bank kreditidan samarali foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ham maqsadga muvofiq. O‘quv-seminarda faol ishtirok etgan yoshlarga banklardan imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi maxsus sertifikatlarning topshirilishi ayniqsa, mohiyatlidir. Bunday yo‘sinda ish olib borishning uch xil usuli bor ekan.

1.Biron-bir yaxshi maqsadli kreditni olib, o‘sha kredit bo‘yicha model yaratish.

  1. Boshqa mamlakatda tayyorlangan modelni sotib olish.
  2. Ushbu holat uchun ideal hisoblangan o‘z modelini yaratish.

Xalqimizda bir maqol bor: uydagi hisob ko‘chaga to‘g‘ri kelmaydi. Demak, kredit olishdan oldin ko‘zlangan maqsad aniq bo‘lishi kerak. Uni amalga oshirish uchun kuchlar etarlimi, eng muhimi, qarzni qaytarolmay qarz bo‘lish ehtimoli yo‘qmi? Ana shu muammolarni bartaraf etishga ko‘zi etganlargina buning uddasidan chiqa oladi. Tok-shouda xuddi shu masalalarga diqqat qaratildi. Albatta, bu masalalarni bitta ko‘rsatuvda hal qilish mushkul. Ko‘rsatuvning keyingi sonlarida bunga yana batafsil to‘xtalish zarurligini ishtirokchilar his etishdi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.